Yevro-2020. 1-turdan so‘ng to‘purarlik poygasida kim yetakchi? 

  • 11:02 / 16.06.2021
  • 333

Yevro-2020 guruh bosqichi doirasidagi 1-tur bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.

Kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda Portugaliya Vengriyani yirik 3:0 hisobida yenggan bo‘lsa, Fransiya yagona avtogol evaziga Germaniyadan ustun keldi. 

Yakunlangan dastlabki tur natijalariga ko‘ra, to‘purarlar poygasida birdaniga uchta futbolchi, Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Romelu Lukaku (Belgiya) va Patrik Shik (Chexiya)lar peshqadamlik qilishmoqda.

Uchala futbolchining hisobida birdek, ikkitadan gol mavjud bo‘lib, Ronaldu Vengriya bilan o‘yinda (3:0), Lukaku Rossiya bilan o‘yinda (3:0) Shik esa Shotlandiya bilan o‘yinda (2:0) dubl qayd etishga muvaffaq bo‘lishgan. 

Ma‘lumot uchun, bugungi kun tartibidan Toshkent vaqti bilan soat 18:00da Finlyandiya Rossiya, 21:00da Turkiya Uels hamda 00:00da Italiya Shveysariya uchrashuvlaridan iborat 2-tur bahslari o‘rin olgan.