Yevro-2020. Bugun ikkita guruhda Angliya, Xorvatiya va Niderlandiya o‘yin o‘tkazadi

  • 17:02 / 13.06.2021
  • 163

Avval xabar berilganidek, hozirda Yevropa yashil maydonlarida qit’aning eng yirik musobaqasi Yevropa chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 

Bugun turnirning guruh bosqichi doirasidagi 1-tur bahslari davom ettiriladi.

Unda “D” guruhi ishtrokchilari Angliya va Xorvatiya terma jamoalari “Uembli” stadionida, Toshkent vaqti bilan 18:00da o‘zaro ro‘baru kelishadi. Mazkur bahsni jamoalar quyidagi tarkiblarda boshlaydi.

Angliya: Jordan Pikford, Kayl Uoker, Deklan Rays, Jon Stounz, Xarri Keyn, Rahim Sterling, Kiran Trippyer, Kelvin Filips, Tayron Mings, Meyson Maunt, Fil Foden.

Xorvatiya: Dominik Livakovich, Yoshko Gvardiol, Domagoy Vida, Duye Chaleta-Sar, Shime Vrsalko, Mateo Kovachich, Marselo Brozovich, Luka Modrich, Ivan Perishich, Ante Rebich, Andrey Kramarich.

Shuningdek, soat 21:00da Avstriya Shimoliya Makedoniya bilan kuch sinashadi. 

Tungi soat 00:00da esa “C” guruhida peshqadamlik uchun da’vogarlar Niderlandiya va Ukraina o‘rtasidagi uchrashuv start oladi. Mazkur to‘qnashuv Amsterdamdagi yangi, “Yoxan Kruyff” arenada bo‘lib o‘tadi.