Yevro-2020. Murosasiz nimchorak final: bugun yulduzli Angliya “nemis mashinasi” bilan ro‘baro‘ keladi

  • 16:00 / 29.06.2021
  • 211

Kecha bo‘lib o‘tgan super uchrashuvlardan so‘ng, bugun yana ikkita o‘yin Yevropa chempionati nimchorak final bosqichiga yakun yasab beradi. 

Unda dastlab, Londondagi “Uembli” o‘yingohida Angliya Germaniya bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.  Qayd etish joiz, Angliya so‘nggi 5 o‘yinda 4ta gol urdi. Bu o‘yinlarda jamoa birorta ham gol o‘tkazib yubormadi. Germaniya terma jamoasi esa so‘nggi 5 o‘yinda 14 ta gol kiritdi. Ushbu bahslarda nemislar 7ta gol o‘tkazib yuborishgan.

Tomonlarning bugungacha o‘zaro o‘tkazilgan 20ta uchrashuvda, 14 g‘alaba bilan ustunlik Germaniya terma jamoasi tomonida. Angliya esa 4 bor g‘alaba qozongan. 2 o‘yinda durang natija qayd etilgan.

Shuningdek, bugungi kun tartibidan Ukraina hamda Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ham o‘rin olgan. Ushbu bahsga Shotlandiyadagi “Xempden Park” mezbonlik qiladi. Ta’kidlash mumkin, Shvetsiya turnirdagi so‘nggi 3 uchrashuvda mag‘lub bo‘lmadi. Bu davr mobaynida jamoa raqiblarini 4ta gol bilan siylab, o‘z darvozasidan 2ta to‘p olib chiqishga majbur bo‘lgan. Ukraina esa musobaqada o‘tkazgan so‘nggi 3 uchrashuvida 1 marotaba zafar quchib, 2 bora mag‘lub bo‘lgan. Jamoa 4ta gol urib, 5ta o‘tkazib yuborgan.  

Ikkala terma jamoaning bugungacha o‘zaro bo‘lib o‘tgan 4 uchrashuv natijasiga ko‘ra, ukrainaliklar 3 g‘alaba bilan ustunlikka ega. Shvetsiyaliklar esa 1 o‘yinda zafar quchishgan. Qolgan 1ta bahsda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. Eslatib o‘tish joiz, ushbu qarama-qarshilik 00:00dan boshlab start oladi.