Yevropada gaz narxi keskin ravishda oshib ketdi

  • 17:02 / 14.09.2021
  • 90

Yevropa bozorida gaz narxi keskin ravishda ko‘tarilib ketdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”. Ma’lumotlarga ko‘ra, ming kub metr gaz narxi rekord darajagacha chiqib – 800 dollardan oshgan. 
Manbada aytilishicha, avgust oyida gaz narxi Yevropa jahon bozorida 533 dollardan boshlangan va narxlarda kunora o‘zgarishlar kuzatilgan. Sentyabr oyiga kelib gaz narxi 650 dollardan yuqorilagan. Seshanba kuniga kelib esa narxlar 800,2 dollarni tashkil qilmoqda.
Narxlarning oshishi suyultirilgan gazga bo‘lgan talab o‘sib borayotgani bilan izohlanmoqda.
Ma’lumot uchun, Fitch xalqaro agentligi vakili Dmitriy Marinchenko gaz narxining oshib ketishiga Yevropada yonilg‘i zaxiralarining kamligini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Teglar