Yevropada gaz narxi rekord darajada ko‘tarildi

  • 12:33 / 10.09.2021
  • 193

Yevropa bozorida gaz narxi keskin ravishda ko‘tarilib ketdi.

Manbada aytilishicha, ming kub metr gaz narxi rekord darajada – 700 dollardan oshgan. Shu haftaning seshanba kuni narxlar 660 dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, chorshanbada 670 dollargacha ko‘tarilgandi. Payshanba kuni esa narxlar 700,2 dollargacha oshgan.

Fitch xalqaro agentligi vakili Dmitriy Marinchenko esa bu holatga Yevropa gaz omborlaridagi yonilg‘i zaxiralarining kamligi sabab bo‘lganini aytib o‘tgan.