Yil boshidan beri 64 nafar bola suvda cho‘kib vafot etgan

  • 18:05 / 14.08.2021
  • 216

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Samandar Hikmatullayev suvda cho‘kish bilan bog‘liq hodisalar yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, profilaktik tadbirlarga qaramasdan joriy yil 14-avgustga qadar respublika bo‘yicha jami 151 nafar fuqaro cho‘kish oqibatida vafot etgan.

Ulardan 36 nafari cho‘milish oqibatida cho‘kkan bo‘lsa, 44 nafari ehtiyotsizlik va 6 nafari o‘z joniga qasd qilish oqibatida, 2 nafari jinoyat sababli va 63 nafari noma’lum sabablarga ko‘ra suvda cho‘kib vafot etgan. 

Eng achinarlisi ushbu cho‘kishlarning 64 nafari, ya’ni 42,4 foizi voyaga yetmaganlarga to‘g‘ri kelmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 2 603 ta, shundan cho‘milish taqiqlangan 2 219 ta akvatoriyalar tekshirib chiqildi, suv havzalarida 5 169 ta reyd o‘tkazilib, 92 nafar fuqaroga ma’muriy choralar ko‘rilgan.