Yil boshidan buyon 18 mingdan ortiq Cobalt ishlab chiqarildi – statistika

  • 11:47 / 20.05.2021
  • 131

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillarga oid satistikasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar-aprel oylarida 18 223 dona Cobalt ishlab chiqarilgan.

Mazkur davr oralig‘ida shuningdek, Damas – 17 666 dona, Lacetti-Gentra – 12 047 dona, Nexia T-250 – 9 279 dona, Labo – 3 949 dona hamda Spark – 3 823 dona ishlab chiqarilgan.

Aprel oyi ko‘rsatkichlari bo‘yicha esa eng ko‘p Damas ishlab chiqarilgan (5 615 dona).
Keyingi o‘rinlarda: 
–  Cobalt  – 5 541 dona; 
–  Lacetti-Gentra – 3 648 dona;
–  Nexia T-250 – 2 321 dona.