Yil boshidan buyon 33 nafar fuqaro cho‘kib ketgan. Ulardan 14 nafari voyaga yetmaganlar

  • 16:38 / 26.05.2021
  • 149

Yil boshidan buyon 33 nafar fuqaro cho‘kib ketgan. Ulardan 14 nafari voyaga yetmaganlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoz mavsumigacha necha kishi cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisaga uchraganini ma’lum qildi.

FVV mutasaddilariga ko‘ra, joriy yilning 25-may kuniga qadar hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Suvda-qutqaruv guruhlari tomonidan jami 33 nafar fuqaroning cho‘kishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarga chiqishlar amalga oshirilgan. 

 Ulardan 3 nafari cho‘milib, 12 nafari cho‘kkanlikda gumon qilingan, 16 nafari ehtiyotsizlik oqibatida, 1 nafari o‘z joniga qasd qilish va 1 nafari jinoyat oqibatida cho‘kkanlarga to‘g‘ri keladi. Eng achinarlisi, ushbu cho‘kishlarning 14 nafari (38,5 foiz) voyaga yetmaganlar hisoblanadi.  

Qayd etilishicha, vazirlik xodimlari tomonidan 2020–2021-yillarning shu kuniga qadar respublika bo‘yicha cho‘milish mavsumida xavfsizlikni ta’minlashga oid 419 ta seminar va 18 615 ta suhbat tashkil qilinib, 496 534 ta eslatma tarqatilgan.

Ma’lumot uchun, 2020-yilda jami 165 nafar cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisaga chiqishlar qayd etilgan bo‘lib, bulardan 57 nafari cho‘milish qoidalariga amal qilmaslik oqibatida suvda cho‘kish, 40 nafari cho‘kishda gumon qilinganlar, 58 nafari ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kish, 6 nafari o‘z joniga qasd qilish va 4 nafari jinoyat oqibatida cho‘kishlarga to‘g‘ri keladi. Ushbu cho‘kkan fuqarolarning 56 nafari (34 foiz) voyaga yetmaganlarni tashkil qiladi.