Yil oxirigacha “Toshshahartransxizmat” parki 20 ta elektrobus bilan to‘ldiriladi

  • 18:12 / 11.06.2021
  • 61

Joriy yil oxiriga qadar Toshkent shahriga 20 ta elektrobus keltiriladi.

Bu haqda Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “Toshshahartransxizmat” AJ mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Unda shahar jamoat transportida hozirgi kunga kelib bir qator yangi o‘zgarishlar hamda raqamlashtirishning yangi bosqichiga o‘tish borasida barqaror loyihalar ustida ish olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Xususan, 2021-yil yakuniga qadar 20 ta elektrobuslarni shahar yo‘lovchi transportida tasarruf etish uchun xarid qilish rejallashtirilganligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari davlatimiz rahbarining PF-6099-son Farmoniga asosan Velo city – aholining jismoniy faolligini oshirishi hamda velosipedda foydalanishni jozibadorligini oshirish maqsadida qisqa muddatli velosipedni ijaraga berish tizimini Toshkent shahrida tatbiq etish rejalashtirilganligi ham aytib o‘tildi.