Yomon oʻy-xayollardan qanday qutulish mumkin?

  • 12:52 / 04.05.2021
  • 103

Yomon oʻy-hayollar insonning ruhiy salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ulardan qutulishning esa oddiy va samarali usullari juda koʻp.

Oq qogʻoz oʻrtasiga qora nuqta chizing. Unga koʻzingizni uzmagan holatda 1-2 daqiqa tikilib turing. Qarabsizki, salbiy oʻy-xayollardan oʻz-oʻzidan xalos boʻlasiz.

Bitta oyoqqa tayanib, tik turishga harakat qiling, ikkinchi oyoqni bukib, 2-3 daqiqa davomida ushbu holatni saqlab qoling. Hech narsa haqida oʻylamang, tashqi omillarga chalgʻimang. Mashqni tugatganingizdan keyin, salbiy hayollaringiz nari chekinganini darrov sezasiz.

Bu borada sizga nafas mashqlari, meditatsiya va jismoniy mashqlar ham yordam berishi mumkin. Undan-da osonrogʻi, sevimli desertingiz yoki mazali taom tanovul qilib, oʻzingizga quvonch bagʻishlang.

Ijodga moyilligi boʻlgan odamlar rasm chizish, raqs tushish yoki sevimli mashgʻulotlari bilan shugʻullanish orqali ham yomon xayollardan osongina qutulishlari mumkin.