Yongʻoq isteʼmoli umrni uzaytirishi aniqlandi

  • 22:21 / 15.07.2021
  • 504

Olimlar yongʻoq isteʼmol qilish oʻlim xavfini 39 foizga kamaytirishini aniqladilar. Ushbu mahsulot inson organizmi uchun oʻta foydali boʻlib, surunkali kasalliklarning paydo boʻlishiga qarshi kurashadi.

Oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotda 7200 nafar odam ishtirok etgan. Olimlar tadqiqot ishtirokchilarining qanday mahsulotlarni sevib isteʼmol qilishlariga eʼtibor qaratganlar. Ishtirokchilar deyarli har kuni yongʻoq isteʼmol qilishgan. Tadqiqot umumiy hisobda 5 yil davom etgan.

Maʼlum boʻlishicha, har kuni 28 grammdan yongʻoq tanovul qilish yurak kasalliklari tufayli erta oʻlim xavfini kamaytiradi. Mutaxassislar kuniga 90 grammdan yongʻoq isteʼmol qilinganda salbiy omillar taʼsiri, jumladan saraton kasalligi va yurak yetishmovchiligi tufayli vafot etish xavfi ham kamayishini aytib oʻtganlar. Olimlar ushbu mahsulot inson salomatligini tiklab, umrni uzaytiradi degan xulosaga kelishgan.