Yosh aktrisa Madina Nig‘matullayeva aktyor Mahmud Tursunovga turmushga chiqmoqda 

  • 16:00 / 01.04.2021
  • 1261

Yosh aktrisa va teleboshlovchi Madina Nig‘matullayeva sevgan insoniga turmushga chiqayotgani haqida ma’lum qildi. U aktyor Mahmud Tursunov bilan oila qurmoqda. 

Madina Nig‘matullayeva va Mahmud Tursunov birgalikda “Omonat” serialida sevishgan juftlik rolini ijro etganlar.  

Bunga qadar esa aksariyat kino tomoshabinlari Madina Nig‘matullayevaning sevgan insoni teleboshlovchi Amirxon Umarov ekanligi haqida taxmin qilgan edilar.