Yulduz Usmonova konsertda berilgan gullarni tashlab yuboradimi?

  • 09:30 / 02.04.2021
  • 138

Xonanda Yulduz Usmonova konsertda muxlislar tomonidan berilgan guldastalarning faqat bir nechtasini uyiga olib ketishi, qolganlarini boshqalarga tarqatib yuborishini aytdi. 

“Gullarni tashlab yubormayman. Bu yerda ishlaganlar bor, qorovullar bor, ular ham ayollariga olib ketishadi. Gullarni hamma bilan bo‘lishaman”, dedi xonanda. 

Uning aytishicha, ayrim xodimlar gullarni olib ketish uchun ruxsat so‘rashadi-da, ularni tashqariga olib chiqqanlaridan keyin sotib yuborishadi.