Yulduz Usmonova: “Rejissyorlarni hurmat qilmayman!”

  • 18:37 / 31.03.2021
  • 156

Yulduz Usmonova nima uchun kinodagi faoliyatiga nuqta qo‘ygani sababini aytdi. 

Ijodkorning ma’lum qilishicha, filmlarning birida rejissyor undan yalang‘och holatda basseynga tushib, rol ijro etishini so‘ragan. Xonanda bunga rozi bo‘lmagandan keyin esa mazkur sahnada boshqa qiz rol ijro etgan va ekranda Yulduz Usmonova kabi ko‘ringan. Ijodkor shundan keyin filmlarda suratga tushmaslikka qaror qilgan. 

“Rejissyorlar orasida o‘yin juda ko‘p. Ularni hurmat qilmayman”, dedi xonanda.