YuNESKO O‘zbekistonda savodxonlik darajasi 99,99 foizga yetganini ma’lum qildi

  • 16:02 / 13.09.2021
  • 247

YuNESKO O‘zbekistonda savodxonlik darajasi 99,99 foizga yetganini ma’lum qildi. Bu haqda mazkur xalqaro tashkilot saytida O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil etilgan.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining soni 4 baravarga oshgan.

Aholi sonining tez sur’atlarda o‘sishiga qaramay maktabgacha ta’limni qamrab olinish darajasi 2017-yildagi 24 foizdan 2021-yilda 62 foizgacha oshgan. Bunda xususiy sektorning jalb qilinishi muhim omillardan biri bo‘lgan.

YuNESKO tavsiyalari asosida O‘zbekiston hukumati oxirgi 3 yilda oliy ta’lim muassasalari sonini ikki baravarga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlar tashlagan. 2021 yilda oliy ta’limga qamrab olinish ko‘rsatkichi uch baravar – 28 foizgacha ortgan. Bu raqamni 2030 yilgacha 60 foizgacha oshirish rejalashtirilgan.