Yunusoboddagi osh markazida yong‘in sodir bo‘ldi

  • 15:06 / 11.09.2021
  • 164

Bugun, 11-sentyabr kuni soat 14:36 da Yunusobod tumani Bodomzor ko‘chasida joylashgan “Grant somsa” oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshket shahar FVBning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 6 ta yong‘in-o‘chirish ekipaji soat 14:39 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:02 da o‘rab olinib, soat 15:19 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida oshxonaning taxminan 150 kv.m. maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
  
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
  
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishlarini so‘ramoqda.