“Yuventus” vitse-prezidenti Ronaldu va Dibalaning yaqin kelajagiga aniqlik kiritdi

  • 10:56 / 25.07.2021
  • 287

Nedved Kyellini bilan ham muhokama etiladigan narsalar borligini aytdi.

“Yuventus” vitse-prezidenti Pavel Nedved jamoaning bir nechta futbolchilarining kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bergan.

“Direktor Federiko Cherubini allaqachon kelasi hafta Turinga yetib keladigan Paulu Dibalaning agenti bilan bog‘langan. U bilan yangi shartnoma masalani hal qilish uchun yetarli vaqt bor, bu muammo emas.

Krishtianu Ronaldu dushanba kuni mashg‘ulotlarga qaytadi. U biz bilan qoladi. Kyellini ta’tildan qaytgach, biz ham u bilan hamma narsani muhokama qilib olamiz”, - deydi Nedved.

Esatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu jamoani tark etsa, “Yuventus”ga “Barsa” yulduzi kelishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.