“Yuventus” vitse-prezidenti Ronalduning jamoda qolish yo ketish borasida fikr bildirdi 

  • 16:47 / 15.07.2021
  • 260

“Yuventus” vitse-prezidenti Pavel Nedved hujumchi Krishtianu Ronalduning Turin klubidagi kelajagi haqida gapirdi.

“Ronalduning vakillaridan hech kim bizga uning “Yuventus”dan ketmoqchi ekanligini ma’lum qilmadi. Men Ronaldu biz bilan “Yuve”da qolishini kutyapman.

25-iyul kuni ta’til tugaydi va u jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi”, – deya Nedvedning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum A Seriyada 29ta gol urib chempionat to‘purariga aylangan edi.