Zarina Nizomiddinova homiladorligi tufayli “Mendirman Jaloliddin” serialida rol oʻynay olmagani haqida soʻzlab berdi

  • 16:33 / 04.05.2021
  • 125

Aktrisa Zarina Nizomiddinova muxlislari bilan jonli efir vaqtida ayni paytda oʻzbek ijodkorlari tomonidan yaxshi serial va filmlar deyarli suratga olinmayotganini aytib oʻtdi. Uning aytishicha, yaxshi film va serial boʻlsa, suratga tushishdan bosh tortmaydi.

Aktrisa homiladorligi tufayli “Mendirman Jaloliddin” serialida rol ijro etish taklifini rad etgani haqida ham qoʻshimcha qilgan. “Bu ham yaxshilikka. Mana Alisher, Adizlar ham rol oʻynamay qaytib kelishdi. Shunday zoʻr aktyorlar, men hayron qoldim. Balki men ham shunday qilib qaytib kelgan boʻlarmidim. Pandemiya tufayli yoqimsiz ishlar boʻldi. Bu ijodkor odamga ruhan taʼsir qiladi”, dedi aktrisa.

Ijodkor unga serialdagi aynan qaysi rol taklif qilinganiga aniqlik kiritmagan.