Zidan “Real” bosh murabbiyligidan ketdi

  • 17:47 / 27.05.2021
  • 152

“Real Madrid” futbol klubini boshqarib kelayotgan fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan jamoani tark etdi. Bu qaror har ikki tomon kelishuvi asosida qabul qilingan. 

“Qirollik klubi” tomonidan shu bo‘yicha berilgan bayonotda Zidan hamisha jamoa afsonasi bo‘lib qolishi alohida ta’kidlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqinda “Inter”ni tark etgan italiyalik mutaxassis Antonio Konte yoki “Real”ning sobiq yulduzi Raul “qaymoqranglilar”ni qabul qilib olishi mumkin. Nomzodlar orasida yana germaniyalik Yoaxim Lev va argentinalik Maurisio Pochettino ham bor.

Ma’lumot uchun, “Real” bu mavsum milliy chempionatda ham, xalqaro musobaqalarda ham sovrinni qo'lga kirita olmadi.