Zidan “Real Madrid”ni tark etishini e’lon qildi

  • 10:36 / 16.05.2021
  • 198

Onda Cero'ning xabariga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis bir hafta avval, “Sevilya” (2:2) bilan o‘yin arafasida futbolchilarga kelasi mavsumda madridliklarni boshqarmasligini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” klubi Zinedin Zidanga qiziqish bildirayotganini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Zidanning “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yil yozigacha mo‘ljallangan.