“Zolushka” vafot etdi

  • 17:30 / 10.06.2021
  • 503

“Zolushka uchun uch yongʻoq” filmidagi bosh rolni ijro etgan chexiyalik aktrisa Libushe Shafrankova 68 yoshida vafot etdi.

Aktrisa chex tomoshabinlariga boshqa koʻplab rollari orqali ham yaxshi tanilgan. 1996-yilda uning ishtirokda suratga olingan “Kolya” filmi “Oskar” mukofotini olgan.

Aktrisaning vafoti sababi toʻliq ochiqlanmagan. U soʻnggi 7 yil ichida oʻpka saratoni bilan kurashgan. 2014-yilda ijodkorga saraton tashxisi qoʻyilgach, u oʻz faoliyatiga nuqta qoʻygan edi.