Zuhra Soliyeva: “Erimga bolali bo‘lishni xohlayman deganimda meni tepgan”

  • 17:05 / 05.04.2021
  • 156

Aktrisa Zuhra Soliyeva sobiq turmush o‘rtog‘idan ko‘rgan zulmi va undan muntazam ravishda kaltak yegani haqida gapirib berdi. 

“Qaynonam ikkiyuzlamachilik qilgan. Menga “Sizdek xotinni bilmasa, o‘g‘lim ko‘r bo‘lsin” derdi. Keyin esa telefonda “Ur, o‘ldir” deganini eshitib qoldim. Qachon bolali bo‘lamiz deb baqirardim, bolali bo‘lishni xohlardim. “Mana senga bola” deb meni tepgan. Qaynonamga telefon qilganman”, dedi aktrisa. 

Ijodkorning aytishicha, bunday paytlarda sobiq turmush o‘rtog‘iga bas kela olmagan. “Ozg‘inlar nozik, semizlar baquvvat bo‘ladi degan fikr noto‘g‘ri. Men unday emasman”, dedi Zuhra Soliyeva.