$
12648.12 UZS
-26.88
138.42 UZS
0.06
13622.03 UZS
5.28
30° Kechasi 17°

Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatining tantali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

20:58 / 07.12.2021

Bugun Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlandi. Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan musobaqada 80 dan ortiq mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Toshkent vaqti bilan 16:00 da musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi raisi Botir Zokirov, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, Osiyo ogʻir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Shahrullo Mahmudov, Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi rahbarlari, bir qancha muxlislar hamda musobaqada qatnashayotgan delegatsiyalar ishtirok etishdi.

Marosim avvalida Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan sportga qaratilayotgan yuksak eʼtibor haqidagi videorolik mehmonlarga taqdim qilindi. Shundan soʻng sahnalashtirilgan turli badiiy chiqishlar yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi. Shuningdek, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Shukurullo Isroilov, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Jenisbek Piyazov, va “Sitora” guruhi ishtirokidagi chiqish yigʻilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi prezidenti Maykl Irani musobaqa yuqori saviyada tashkillashtirilganiga alohida toʻxtalib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkillashtirishda bosh boʻlgani uchun federatsiya nomidan minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi tomonidan ham tashkiliy ishlar yuqori saviyada amalga oshirilgani taʼkidlandi.

Oʻz navbatida, mamlakatimiz nomidan Aziz Abduhakimov soʻzga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga samimiy qutlovlarini yoʻllagan holda, Oʻzbek sportchilarining xalqaro maydonda katta yutuqlarga erishib kelishayotgani taʼkidlandi.

Birgina ogʻir atletika misolida soʻnggi ikki Olimpiya oʻyinlarida vakillarimiz oltin medalni qoʻlga kiritayotgani, yaqinda Saudiya Arabistonida oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida yoshlarimiz kuchli uchlikdan oʻrin olgani eslandi.

Shundan soʻng, Aziz Abduhakimov musobaqani rasman ochiq deb eʼlon qildi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

Shuning bilan musobaqaning tantanali ochilish marosimi oʻz yakuniga yetdi.

Qayd etish mumkin, ushbu dunyo birinchiligida 14 nafar oʻzbekistonlik atlet yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ular orasida Ruslan Nurudinov, Akbar Joʻrayev, Adham Ergashev, Kumushxon Fayzullayeva, Doston Yoqubov kabi tajribali sportchilar ham bor. Quyida vakillarimiz ishtiroki bilan tanishib chiqing:

Ayollar

-49 kg. Zuhra Otajonova — 19:00 (8-dekabr)

-55 kg. Jamila Panfilova — 16:00 (9-dekabr)

-71 kg. Kumushxon Fayzullayeva — 19:00 (13-dekabr)

-87 kg: Tursunoy Jabborova — 19:00 (16-dekabr)

Erkaklar

-67 kg. Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov — 16:00 (10-dekabr)

-81 kg. Muhammadqodir Toshtemirov 19:00 (12-dekabr)

-89 kg. Otaxon Imomov — 10:30 (13-dekabr) (В guruh)

-89 kg. Sarvarbek Zafarjonov — 16:00 (13-dekabr)

-96 kg. Hojiakbar Olimov — 08:30 (14.12) (S guruhi)

-96 kg. Qurbonmurod Namozov — 13:00 (15-dekabr)

-109 kg. Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev — 16:00 (16-dekabr)

+109 kg: Mirhosil Mirzaboyev — 08:00 (17-dekabr) (C guruh).

Bellashuvlar “Yunusobod sport majmuasi”da boʻlib oʻtmoqda.

 

Suratlar muallifi va tayyorlovchi Dadajon Foziljonov.



														
														Toshkentda “One Run” xalqaro yugurish yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “One Run” xalqaro yugurish yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

Ishtirokchilar uchun 4 turdagi masofa mavjud: 21 km, 10 km, 5 km va 1 km.
12:33 / 06.05.2024

														
														Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Bu haqda Yuz.uz xabar berdi.
13:20 / 11.04.2024

														
														Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari 26 taga yetdi.
12:06 / 01.04.2024

														
														Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
09:32 / 11.03.2024

														
														WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) fevral oyi yakunlariga ko‘ra, yangilangan reytingni e’lon qildi.
17:09 / 04.03.2024

														
														Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Jahon kubogining ikkinchi bosqichida navbatdagi saralash bahslari o‘tkaziladi.
16:13 / 23.02.2024

														
														Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Qozon shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari xizmat safari davomida qator muzokaralar olib borib, oʻzaro…
12:52 / 23.02.2024

														
														8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

Musobaqaning yarim final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar bokschisi 12 ta vaznda ringga ko‘tarildi.
13:09 / 11.02.2024

														
														Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Doʻstmatov hozirda Bolgariyada tashkil etilayotgan “Strandja-2024” xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
18:12 / 09.02.2024

														
														Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
17:50 / 09.02.2024

Bu ham qiziq

Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Boshqa yengilroq va og‘irroq turdagi neft narxi ham may oyiga nisbatan oshdi.
16:48 / 06.05.2024
Ijtimoiy tarmoqlardan tanaffus qilish ayollarning o‘ziga bo‘lgan hurmatini oshiradi

Ijtimoiy tarmoqlardan tanaffus qilish ayollarning o‘ziga bo‘lgan hurmatini oshiradi

Bu bo‘yicha olimlar talaba qizlar ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi.
09:45 / 07.05.2024
O‘zbekistonda qancha odam Instagram ishlatadi?

O‘zbekistonda qancha odam Instagram ishlatadi?

Ma’lum qilinishicha, foydalanuvchilarning 37,0 foizini ayollar, 63,0 foizini esa erkaklar tashkil qiladi.
10:20 / 06.05.2024
Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Bu esa aholining 16,7 foizi oflayn rejimda boʻlganini anglatadi.
16:16 / 06.05.2024
Shavkat Mirziyoyev ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

“9-may kuni bo‘lib o‘tadigan g‘alaba paradida faxriy mehmonlar orasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bo‘ladi…
08:23 / 07.05.2024
Chery brendi Buxoro viloyatidagi avtomobil sohiblarini WCWL loyihasi doirasida birlashtirdi

Chery brendi Buxoro viloyatidagi avtomobil sohiblarini WCWL loyihasi doirasida birlashtirdi

2024-yilning 27-aprel kuni Buxoro viloyatida Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Glo…
16:27 / 06.05.2024
Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:47 / 07.05.2024
Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Uyning boshlang‘ich narxi 13,5 million dollarni tashkil qilgan.
08:56 / 06.05.2024
7-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

7-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-8-may kunlari Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
14:22 / 06.05.2024
BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT mamlakatlarning matbuot erkinligi prinsipidan voz kechishiga qarshi, dedi tashkilot bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik …
10:56 / 06.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!