$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

20:48 / 28.07.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasida boshqaruvni takomillashtirish, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Xalqimizning ulkan ma’naviy merosi bor. Bugungi kunda odamlarning intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlari muttasil ortib bormoqda. Shu bois madaniyat sohasida boshqaruv va moliyalashtirishni takomillashtirish, bu borada ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Xususan, madaniyat markazlarida davlat-xususiy sheriklik yo‘lga qo‘yilib, ijodiy ishlanmalarni rag‘batlantiruvchi startap loyihalar amalga oshiriladi. Yoshlarda vatanparvarlik hissini kuchaytiruvchi, O‘zbekiston brendini yaratuvchi tarixiy, ilmiy va animatsion milliy mahsulotlar qo‘llab-quvvatlanadi.

Davlat rahbari sohada ilg‘or xorijiy tajribani bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etilgan edi. Endi san’atkorning memorial muzeyini tashkil etish, Botir Zokirov nomidagi stipendiya joriy qilish, xalqaro estrada tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan. Institutning bakalavriat bosqichini tamomlagan eng faol bitiruvchilar chet elga magistraturada o‘qishga yuboriladi hamda iqtidorli talabalarning nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtiroki qo‘llab-quvvatlanadi.

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida xalq artisti Sherali Jo‘rayev xotirasini abadiylashtirish tashabbusini bildirgan edi. Shunga muvofiq, Andijon shahridagi san’at maktabi negizida ijodkor nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi. Sherali Jo‘rayev nomidagi milliy qo‘shiqchilik teletanlovi har yili o‘tkaziladi.

Oliy maktabda ilmiy-ijodiy laboratoriya tuzilib, Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlarining “oltin fondi” yaratiladi. Zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi tashkil etilib, iqtidorli yosh ijodkorlar undan imtiyozli foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Hozir yurtimizda O‘zbekiston davlat simfonik orkestri hamda filarmoniya tarkibida 8 ta professional orkestr faoliyat olib boryapti. Lekin ular faqat Toshkent shahrida, respublika darajasidagi tadbirlarda ishtirok etadi, xolos.

Shu bois bunday orkestrlarni joylarda ham bosqichma-bosqich tashkil qilish rejalashtirilgan. Jumladan, Farg‘ona viloyatida simfonik orkestr va milliy cholg‘ular orkestri tuziladi. Ular zarur musiqa asboblari, ovoz kuchaytirish va yoritish uskunalari, sahna liboslari va boshqa anjomlar bilan ta’minlanadi.

Davlatimiz rahbari milliy va jahon san’atining sara asarlarini aholiga chuqur yetkazish, tuman va shaharlarga gastrol safarlari uyushtirish zarurligini ta’kidladi.

Madaniyati boy va rang-barang yurtimizda kreativ iqtisodiyot ravnaqi uchun juda keng imkoniyatlar bor. Bugungi kunda bu sohada 14 mingta korxona faoliyat yuritmoqda, ularda qariyb 100 ming kishi ishlayapti. Kelgusi 5-yilda kreativ iqtisodiyot hajmini 2 karra ko‘paytirish, yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga yetkazish maqsad qilingan.

O‘tgan yili bu borada qonun qabul qilindi. Toshkentda Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha to‘rtinchi butunjahon konferensiyasi o‘tkazildi. YUNESKO, YUNKTAD, Jahon intellektual mulk tashkiloti kabi xalqaro tuzilmalar, Fransiya, Italiya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Qatar kabi davlatlar bilan keng hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Kreativ industriyaning eng katta sohalaridan biri – hunarmandchilik. Yilning o‘tgan davrida bunday mahsulotlar eksporti 6,5 million dollarni tashkil qildi.

Taqdimotda hunarmandchilikni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Buyuk Britaniya Qirollik fondi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida akademik platforma yaratish rejalashtirilgan. U orqali magistrlar tayyorlash, tadqiqotlar o‘tkazish, o‘quv qo‘llanmalarini joriy etish yo‘lga qo‘yiladi. Bu platforma bilan 3 mingdan ziyod iqtidorli hunarmandlar bosqichma-bosqich qamrab olinadi. Keyinchalik uni amaliy san’at maktabiga aylantirish ko‘zda tutilgan.

2023-yilda Buxoro “Hunarmandchilik va xalq san’ati” yo‘nalishida YUNESKOning kreativ shaharlar tarmog‘iga kiritilgan edi. U yerda 2 ming nafar hunarmand 36 ta yo‘nalishda ijod qiladi.

Sentyabr-noyabr oylarida Buxoroda birinchi zamonaviy san’at biyennalisi o‘tkaziladi. Unga 40 ta davlatdan 70 nafar mashhur rassom tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari madaniy turizmni rivojlantirishga katta turtki beradigan bunday yirik tadbirlarni yuqori saviyada tashkil qilish muhimligini ta’kidladi.

Turizm bo‘yicha yana bir salohiyatli hudud – Qoraqalpog‘iston. Hozir u yerda 2 ming nafar yoshlar milliy hunarmandchilik bilan professional shug‘ullanyapti. Yana ko‘plari shu kasblarni egallamoqchi.

Shu bois Nukusdagi “Istiqlol” bog‘ini kreativ klasterga aylantirib, unda hunarmandlar va dizaynerlarga an’anaviy bilim va innovatsion g‘oyalarni birlashtirgan holda ta’lim beradigan Orol maktabini tashkil qilish mo‘ljallangan.

Mutasaddilarga loyihalarni sifatli bajarish va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Madaniyat


														
														Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Mutasaddilarga loyihalarni sifatli bajarish va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi
20:48 / 28.07.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
09:56 / 21.08.2024

														
														O‘zbekistonning yangi milliy turizm brendi yaratiladi

O‘zbekistonning yangi milliy turizm brendi yaratiladi

“O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘…
11:52 / 23.07.2024

														
														Tom Kruzning uchta nikohi va rossiyalik ayol bilan shov-shuvli munosabatlari haqida

Tom Kruzning uchta nikohi va rossiyalik ayol bilan shov-shuvli munosabatlari haqida

2023-yilda 61 yoshli Tom Kruz 36 yoshli rossiyalik ayol “Yagona Rossiya” partiyasining sobiq deputati Rinat Xayrovning qizi …
11:24 / 07.07.2024

														
														O‘zbekcha vikipediya ma’muri Bo‘rijar kanalida cho‘kib, halok bo‘ldi

O‘zbekcha vikipediya ma’muri Bo‘rijar kanalida cho‘kib, halok bo‘ldi

Oʻzbekcha vikipediya maʼmuri Muhammadali poytaxtdagi Boʻrijar kanaliga choʻmilishga borib, choʻkish oqibatida vafot etgan.
15:35 / 22.06.2024

														
														Qadimgi Misr ko‘rgazmasi ochildi

Qadimgi Misr ko‘rgazmasi ochildi

Bu haqda “Sinxua” agnetligi ma’lum qildi.
11:40 / 19.06.2024

														
														Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligi rahbarligidan ozod etildi

Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligi rahbarligidan ozod etildi

Bu lavozimga yozuvchi Shuhrat Rizayev yangi rahbar bo‘lishi kutilmoqda.
19:51 / 05.06.2024

														
														Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi

Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi

26-apreldan 12-mayga qadar Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Germaniya, Isroil, Indoneziya, Polsha, …
11:32 / 03.04.2024

														
														San’atkorlar “uyli bo‘lish”iga Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi

San’atkorlar “uyli bo‘lish”iga Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi

Vazirlik bu imtiyoz barcha manadiyat xodimlariga, shu jumladan, sohadagi professor va o‘qituvchilarga ham tegishli ekanini, …
10:11 / 10.11.2023

														
														Gollivud yulduzlari Baydenni Isroil-Xamas urushida o‘t ochishni to‘xtatishga undamoqda

Gollivud yulduzlari Baydenni Isroil-Xamas urushida o‘t ochishni to‘xtatishga undamoqda

O‘nlab kino olami arboblari Baydenni G'azoni bombardimon qilishni to‘xtatish va XAMAS qo‘l ostidagi barcha asirlarni ozod qi…
14:45 / 21.10.2023

Bu ham qiziq

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

“Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilib, sud oldida javob beradilar”, – deyiladi xabarda.
11:37 / 03.08.2025
Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada ishsizlik nafaqasi rekord darajadagi 47 milliard yevroga yetdi.
17:14 / 03.08.2025
“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Agarda investor talablarni buzsa, loyiha to‘xtatiladi va yer olib qo‘yiladi
22:47 / 03.08.2025
“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

Kelajakda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi
20:42 / 02.08.2025
Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Ilovani hozircha faqat Android asosidagi qurilmalar uchun bepul yuklab olsa bo‘ladi.
15:57 / 03.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Samarqandda yangi avtovokzal ochildi

Qulaylik maqsadida esa mazkur vokzalgacha jamoat transporti qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgani bildirildi.
09:24 / 03.08.2025
Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025
Toshkentda 2-avgustdan 25-avgustgacha yo‘l yopiladi

Toshkentda 2-avgustdan 25-avgustgacha yo‘l yopiladi

Shuningdek, xabarda avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq boʻlishi mumkinligi bildirilgan.
12:43 / 03.08.2025
Toshkent va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim aniqlandi

Toshkent va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim aniqlandi

Hozirda, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.
11:00 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!