$
12648.12 UZS
-26.88
138.42 UZS
0.06
13622.03 UZS
5.28
30° Kechasi 17°

San’atkorlar “uyli bo‘lish”iga Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi

10:11 / 10.11.2023

Oxirgi kunlarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilib, insonlar tomonidan qizg‘in muhokama va tanqidlarga sabab bo‘lgan “San’atkorlarga uy olish yoki ta’mirlash uchun subsidiya ajratilishi” haqidagi xabarga Madaniyat vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.


Ushbu xabar Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun madaniyat va san’at xodimlariga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi asosida tarqalgan.


Vazirlik izohida kimlar madaniyat xodimlari sanalishi va bu huquqdan kimlar foydalana olishi to‘liq ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasida o‘z kasbiy faoliyatini madaniyat tashkilotlarida amalga oshiruvchi jismoniy shaxs madaniyat xodimi, kasbiy yoki nokasbiy asosda (havaskorlik asosida) madaniy faoliyatning bir yoxud bir necha yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs ijodkor sanaladi.

Madaniyat va san’at sohasi vakillari, ijodkorlar, shuningdek, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchi va xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilash “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 76-maqsadida belgilangan.


Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ–112-son qarori 11-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va san’at sohasi vakillariga hamda iste’dodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF–33-son Farmoniga muvofiq belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiya berilishi belgilab qo‘yilgan.

Bugungi kunda madaniyat va san’at sohasida 36 mingdan ortiq xodimlar faoliyat olib boradi. Ulardan 850 nafardan ziyodi oliy ta’lim tizimida, 2500 nafari o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tizimida, 12 ming nafardan ortiq o‘qituvchilar bolalar musiqa va san’at maktablarida, 9 ming nafardan ko‘proq murabbiylar madaniyat markazlarida, 6 ming nafardan ortiq ijodkorlar teatr va sirk sohasida, 2 900 nafardan ortiq san’atkor va ijodkorlar konsert-tomosha sohasida mehnat qilib kelayotgani ma’lum qilingan.

Qolaversa, xalqaro miqyosdagi ko‘rik-tanlovlar va festivallarda yuqori o‘rinlarni egallab, Vatanimiz nomini ulug‘lashga hamda madaniyat va san’at sohasi rivojiga katta hissa qo‘shayotgan madaniyat va san’at sohasi vakillarining aksariyati uzoq yillardan buyon oilaviy yotoqxonalarda va ijara uylarda yashab kelishmoqda.
Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda iddao qilinayotganidek, madaniyat va san’at sohasi vakillarining hammasi ham bir xilda to‘y-hasham, tug‘ilgan kun va yoki boshqa tadbirlarda xizmat ko‘rsatish, qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega emas. Lekin shunga qaramay, ular o‘z kasbiga mehr qo‘yib, fidoyilik bilan mehnat qilmoqda, deyiladi vazirlik munosabatida.

Shuningdek, fuqarolardan internet saytlari, ijtimoiy tarmoq sahifalari, rasmiy nashrlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida madaniyat va san’at sohasi vakillari sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish yoki yolg‘on, sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish kabi huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymagan holda qonunchilik hujjatlari yuzasidan asoslangan taklif va mulohazalar bildirish so‘ralgan.

Madaniyat va san’at sohasi xodimlari ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan qo‘riqlanadigan shaxsiy daxlsizlik huquqlaridan erkin foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanib, vazirlik har doim ochiqlik, shaffoflik va so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlab kelgani bayon qilingan.


Madaniyat


														
														Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi

Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi

26-apreldan 12-mayga qadar Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Germaniya, Isroil, Indoneziya, Polsha, …
11:32 / 03.04.2024

														
														San’atkorlar “uyli bo‘lish”iga Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi

San’atkorlar “uyli bo‘lish”iga Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi

Vazirlik bu imtiyoz barcha manadiyat xodimlariga, shu jumladan, sohadagi professor va o‘qituvchilarga ham tegishli ekanini, …
10:11 / 10.11.2023

														
														Gollivud yulduzlari Baydenni Isroil-Xamas urushida o‘t ochishni to‘xtatishga undamoqda

Gollivud yulduzlari Baydenni Isroil-Xamas urushida o‘t ochishni to‘xtatishga undamoqda

O‘nlab kino olami arboblari Baydenni G'azoni bombardimon qilishni to‘xtatish va XAMAS qo‘l ostidagi barcha asirlarni ozod qi…
14:45 / 21.10.2023

														
														Samarqand 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi

Samarqand 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi

Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.
11:28 / 27.09.2023

														
														Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga kelin o‘g‘irlash moddasi kiritiladi

Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga kelin o‘g‘irlash moddasi kiritiladi

Qozog‘istonda Jinoyat kodeksiga “Odamni turmush qurish maqsadida o‘g‘irlash” moddasini kiritish taklif qilinmoqda.
11:25 / 04.08.2023

														
														Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

Madaniyat kunlari doirasida konsert, teatrlashtirilgan tomoshalar, kitob ko‘rgazmasi va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejala…
13:11 / 31.07.2023

														
														Rossiyalik modelyer Valentin Yudashkin vafot etdi

Rossiyalik modelyer Valentin Yudashkin vafot etdi

Ijodkorga 2016-yilda saraton tashxisi qoʻyilgan edi.
10:06 / 03.05.2023

														
														Yelizaveta II ning dafn marosimini translyatsiya qilgan rejissyorlar jamoasiga BAFTA mukofoti topshirildi

Yelizaveta II ning dafn marosimini translyatsiya qilgan rejissyorlar jamoasiga BAFTA mukofoti topshirildi

Ijodkorlar jamoasi nufuzli mukofotga bir emas, ikkita yo‘nalish bo‘yicha munosib deb topilgan.
16:05 / 25.04.2023

														
														“Oskar” mukofotining taqdirlash marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

“Oskar” mukofotining taqdirlash marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Shuningdek, mukofotga da’vogarlarning to‘liq ro‘yxati qachon e’lon qilinishiga ham aniqlik kiritildi.
15:13 / 25.04.2023

														
														Neyrotarmoq yordamida yaratilgan “surat” xalqaro fototanlovda g‘olib bo‘ldi

Neyrotarmoq yordamida yaratilgan “surat” xalqaro fototanlovda g‘olib bo‘ldi

Uni tanlovga yuborgan suratkash “asar”ning sun’iy intellekt tomonidan yaratilganini tashkilotchilarga ma’lum qilmagan va shu…
09:31 / 20.04.2023

Bu ham qiziq

Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

U kelgusida kariyes tufayli tishlaridan ayrilgan bemorlarga yordam beradi.
15:43 / 05.05.2024
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 million so‘mdan mukofot beriladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 million so‘mdan mukofot beriladi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli farmoni e’lon qilindi.
10:14 / 07.05.2024
Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:47 / 07.05.2024
Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 06.05…
10:53 / 06.05.2024
Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Qayd etilishicha, bu bir hafta ichida ikkinchi marotaba sodir bo‘lgan.
16:41 / 06.05.2024
O‘zbekistonda 3 oyda  qancha qurilish ishlari bajarilgan?

O‘zbekistonda 3 oyda qancha qurilish ishlari bajarilgan?

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,8 foizga oshgan.
15:08 / 06.05.2024
Bugun, 6-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida “svet” o‘chiriladi

Bugun, 6-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida “svet” o‘chiriladi

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘ta…
10:21 / 06.05.2024
Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 228 kishiga yetdi

Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 228 kishiga yetdi

Yomg‘irlar Sharqiy Afrikaning boshqa mamlakatlariga ham ta’sir qilgan.
15:03 / 06.05.2024
BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT mamlakatlarning matbuot erkinligi prinsipidan voz kechishiga qarshi, dedi tashkilot bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik …
10:56 / 06.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!