Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatdan qiymati 21 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 122,4 ming tonna kartoshka import qilgan.
Qayd etilishicha, kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 42 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning dastlabki 2 oyida O‘zbekiston kartoshka import qilgan davlatlar orasida Pokiston yetakchilik qilmoqda – 91,3 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
Qozog‘iston – 12,6 ming tonna;
Eron – 5,2 ming tonna;
Rossiya – 4,4 ming tonna;
Qirg‘iziston – 4,3 ming tonna;
Afg‘oniston – 4 ming tonna;
Belarus – 631,6 tonna.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!