Avval xabar berilganidek, Moʻgʻulistonda start olgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasining birinchi kun bellashuvlari yakuniga yetib bormoqda.
Turnirning ilk kuni jamoamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtib, Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Hamyurtimizga hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik Alesya Kuznetsova raqiblik qildi.
Qiziqarli kurashlarga boy bellashuvda Keldiyorova gʻalaba qozonib, “Katta dubulgʻa” turnirlarining ikki karra gʻolibiga aylandi.
Yana bir ahamiyatli tomoni, Diyora Keldiyorova Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari uchun 500 reyting ochkosini ham oʻz hisobiga qoʻshib qoʻydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!