$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

Betankur, Mars va Jobs: Dunyodagi eng badavlat ayollar

13:04 / 29.03.2023

Oramizda dunyodagi eng badavlat insonlar reytingining yuqori oʻrinlarini band etib turgan milliarderlar haqida bilmaydigan odamning oʻzi boʻlmasa kerak. Ilon Mask, Bill Geyts, Bernard Arno, Uorren Baffet... Ammo dunyodagi eng badavlat ayollar haqidagi maʼlumotlar unchalik koʻp emas. Aynan mana shuning uchun ham bugun sizni ular bilan tanishtirishga qaror qildik.

Joselin Vindelshteyn

Bu ayolni uning plastik jarrohliklarga boʻlgan oʻzgacha muhabbati sababli “Mushuk-ayol” deb ham ataydilar. Sababi Joselin bir qarashda odamdan koʻra koʻproq sherga oʻxshab qolgan. Mish-mishlarga qaraganda, u oʻzining barcha plastik operatsiyalari uchun 2 million dollar atrofida pul sarflagan. Joselin badavlat oilada dunyoga kelgan boʻlsa ham, boyligining deyarli barchasini sobiq eri Alik Vindelshteyn bilan ajrashgandan soʻng qoʻlga kiritgan. Ajrim unga 2,5 milliard dollar miqdoridagi boylikni olib keldi, bu esa ajrimlar tarixdagi eng katta koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi. Aytganday, ayol faqatgina ichimliklar va taomlarning oʻziga har yili 500 ming dollar miqdorida pul sarflaydi. Tasavvur qilyapsizmi?

Kaetana Fitts-Jeyms

Kaetana nafaqat Alba gersoginyasi, balki Ginnes rekordlari kitobiga koʻra, dunyodagi eng koʻp unvonga ega chiqqan oqsuyak ham boʻlgan. Ayol umri davomida 50 dan ortiq faxriy unvonni qoʻlga kiritgan. Gersoginya 85 yoshida 61 yoshli Alfonso Diasga turmushga chiqib barchani hayron qoldirgan.

Fikrimizcha, erkakning ismi ham uning qanday odam ekanligiga yaqqol ishora qilib turibdi. Marhuma gertsoginya hayoti mobaynida juda koʻp xayriya ishlarini amalga oshirgan va shu bilan ham mashhurlikka erishgan.

Sandra Ortega Mera

Sandra Ortega Mera Ispaniyaning eng boy ayoli boʻlibgina qolmay, Yevropadagi eng yosh milliarder ham hisoblanadi. U ayni paytda Yevropaning eng boy odami hisoblanuvchi magnat Amansi Orteganing merosxoʻr qizidir.

Amansi Ortega Ispaniyaning mashhur “Inditex” kompaniyasiga asos qolgan. Sandraning onasi 2013-yilda vafot etgandan keyin u kompaniyaning 75 foiz aksiyalarini qoʻlga kiritdi.

Siz ham bu kompaniya haqida yaxshi bilsangiz kerak, boisi u mashhur “Zara” brendiga egalik qiladi.

Ketrin Reyner

Ketrin Reyner “Cox enterprises” konglomerati rahbari sanalmish Kok Chembersning qizi boʻlib, 2015-yilda otasi kompaniya aksiyalarini Ketrin, uning akasi va ikki singlisiga taqsimlab bergach, Reyner xonim dunyoning eng boy ayollari roʻyxatidan oʻrin oldi.

Ketrin ham boshqa milliarder ayollar kabi xayriya ishlari bilan shugʻullanadi, kompaniya boshqaruviga esa qiziqishi yoʻq. Ayni paytda u Morgan kutubxonasi va muzeyining kengash aʼzolaridan biri, shuningdek Nyu-York jamoat kutubxonasining rahbarlar kengashi aʼzosi hamdir. Shuningdek, ayol jonivorlarni himoya qilish bilan ham shugʻullanadi.

Margarita Lui Dreyfus

OAV tomonidan “Malika” deya nom berilgan Margarita Lui Dreyfus global savdo konglomerati – “Louis Dreyfus” rahbaridir. Ushbu kompaniya xalqaro savdo, telekommunikatsiyalar, koʻchmas mulk, qishloq xoʻjaligi, okean hamda dengiz kemalari, oziq-ovqat sanoati va boshqa koʻplab yoʻnalishlar bilan shugʻullanadi. Bir soʻz bilan aytganda, ayolning biznesi juda katta.

Margarita marhum Robert Lui Dreyfusning bevasi boʻlib, yirik hajmdagi meros ham aynan undan qolgan. Bundan tashqari, ayolning ikki nafar oʻgʻil farzandi bor.

Massimillana Landini Aleotti

Massimillana oʻz farzandlari bilan birga “Menarini” farmatsevtik kompaniyasiga egalik qiladi. Mazkur kompaniya onkologiya va shu kabi bir qator tibbiy muammolarni hal qilish bilan shugʻullanib kelmoqda. 2010-yilda Massimillana soliqlarni toʻlashdan bosh tortganlikda aybdor deb topilgan edi. Ammo uning oʻzi bu holatga hech qanday izoh bermagan.

Bler Perri Okeden

Bler AQShda tugʻilgan boʻlishiga qaramay, ayni paytda Avstraliyaning eng badavlat insoni hisoblanadi. Ayol 1970-yillarda aynan shu yerga koʻchib kelgan. Blerning marhum bobosi  “Cox enterprises”ning asoschisi boʻlib, u haqida yuqorida soʻz yuritgan edik. Ayni paytda konglomeratni Blerning xolasi boshqarib boradi. Bler esa kompaniyaning katta miqdordagi aksiyalariga egalik qiladi va ularni meros sifatida qoʻlga kiritgan. Avstraliyada u oʻzining saxiyligi va kamtarligi bilan nom qozongan. Bundan tashqari, ayol 1989-yilda bolalar uchun moʻljallangan kitob ham chiqargan.

Ayris Fontbona

Milliarder Alderiok Lukasning bevasi Ayris Fontbona Chilining eng badavlat insoni sanaladi. U oʻzining oilasi bilan birga dunyodagi eng katta mis konlaridan biri -“Antofagast”ga egalik qiladi. 2015-yilda Ayrisning kon qazish kompaniyasidagi aksiyalari hajmi ikki barobarga kattalashdi, shu tariqa daromad koʻrsatkichlari ham yuqorilab ketdi.

Bundan tashqari, ayol ichimliklar va isteʼmol qadoqlari bilan shugʻullanuvchi “Klimenko” kompaniyasi rahbari hamdir. Ayni paytda “Klimenko” konglomerati Chilidagi eng yirik biznes tarmogʻi boʻlib turibdi. Uning yillik daromadi esa 20 milliard dollarni tashkil qiladi.

Jina Raynxart

Jina Raynxart Avstraliyaning eng mashhur va badavlat ayollaridan sanaladi. U 21 yoshlik paytlarida oʻz milliardlarini togʻ qazish bilan shugʻullanuvchi “Xenkok” kompaniyasi rahbari boʻlmish otasidan meros qilib olgan.

Jina yoshlik yillaridan boshlab OAVni oʻzining aqliy salohiyati bilan rom etgan va togʻ-kon sanoatida anchagina ishlar qilib ulgurgan. 2010-yildan beri esa Avstraliyaning siyosiy hayotida ham ishtirok etadi, shimoliy Avstraliyaning rivojlanishi uchun hissa qoʻshib keladi.

Bundan tashqari, Jina soliqlarni qisqartirish va davlatning biznesga aralashuvini kamaytirish uchun chiqishlar qiladi. Oqibatda uning hayotiga bir necha bor tahdid ham qilishgan. Shu sababli ayol mamlakat boʻylab zirhlangan va oʻq oʻtmaydigan mashinalar ichida harakatlanadi.

Sharlin Karvalyu Xayneken

Sharlin Karvalyu Xayneken Niderlandiyaning eng badavlat ayollardan biri boʻlib, “Xayneken” kompaniyasining ijrochi direktori va uning 25 foiz aksiyalari egasi sanaladi.

Mazkur kompaniya pivo ichimligini tayyorlash boʻyicha dunyodagi eng katta kompaniyalar qatorida 3 oʻrinda turadi. Sharlin 2002-yili otasining oʻlimidan keyin undan 3 milliard dollar miqdoridagi pulni meros qilib olgan va Niderlandiya fuqaroligiga ega boʻlgan dunyodagi eng badavlat insonga aylangan.

Louren Pauell Jobs

Aksariyat insonlar bu ayolni shunchaki Stiv Jobsning bevasi sifatida taniydilar. Zotan uning turmush oʻrtogʻi dunyo taraqqiyoti va xayriya ishlariga katta taʼsir koʻrsata olgan. Louren “Emerson Collective” fondi asoschisi va ijrochi direktori hisoblanadi, mazkur fond ishi esa taʼlim sifatini yaxshilash, muhojirlarni himoya qilish, ijtimoiy adolat va atrof-muhitni himoya qilishdan iboratdir. Bundan tashqari ayol “College Track” tashkiloti direktorlari kengashi tarkibiga ham kiradi, ushbu tashkilot esa nochor oila farzandlarining oliy taʼlim muassasalariga kirishlari uchun koʻmak beradi.

Mariya Franka Fissolo

Mariya Franka Fissolo oʻz milliardlarini qandolatchilik sohasi bilan shugʻullanuvchi otasidan meros qilib olgan.

Ayni paytda Mariya koinotdagi eng badavlat ayollar roʻyxatidagi 4-oʻrinda turadi. Fissolo kompaniyasi esa qandolatchilik sohasida kattaligi boʻyicha Yevropadagi ikkinchi va dunyodagi uchinchi kompaniya boʻlib turibdi. U barchamizga yaxshi tanish boʻlgan “Tic Tac”, “Mon Cheri”, “Kinder” va “Nutella” kabi mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

Jaklin Mars

1990-yilda Jaklin Mars oʻz boyligi va aksiyalarining 33 foizini otasi – “Mars” kompaniyasi asoschisi Franklin Marsdan meros qilib oldi. Bilasizki, ushbu kompaniya shokolad batonchalari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Ayni paytda Jaklin Mars otasining ishlari bilan faol shugʻullanmaydi. U biznesning oʻrniga rassomchilik sohasidan ketishni afzal bilgan.

Bundan tashqari, u ot sportiga oid xalqaro musobaqalar va tadbirlar uyushtirish bilan shugʻullanuvchi “Youset” tashkiloti vasiyi sanaladi. 2013-yilda ayol rulda uxlab qolgani sababli qarshisidagi mashina bilan toʻqnashib ketgan va 6 nafar yoʻlovchining jabrlanishiga sabab boʻlgandi. Ularning biri voqea joyida halok boʻlgan. Ayol oʻz aybini sudda ham tan olgan va 2500 dollar miqdorida jarima toʻlagan. Bundan tashqari, mashina haydash huquqidan yarim yilga mahrum qilingan. Ammo hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilmadi. Sababi, Jaklin Mars tez orada jabrlanuvchilarning har biriga moliyaviy yordam koʻrsatgan ekan.

Elis Uolton

Elis Uolton mashhur “Walmart” supermarketlar tarmogʻining merosxoʻri hisoblanadi. Agar 2015-yili “Walmart” korporatsiyasi aksiyalar birjasida oʻzining 7 milliardlik pulidan ajralmaganda Elis xonim koinotning eng badavlat ayoliga aylangan ham boʻlardi. Shundoq ham Elis Uolton hayotida qarama-qarshi tushunchalar yetarlicha. Ayrimlar uni kompaniya xodimlariga haddan tashqari kam maosh berishda ayblasa, ayrimlar taʼqiqlangan moddalar taʼsiri ostida avtomobil haydab koʻpchilikka zarar yetkazganini soʻzlaydi.

Ushbu hodisalarning qayerda va kim bilan sodir boʻlgani maʼlum emas, sababi Uoltonlar imperiyasining vorisi hamisha suvdan quruq chiqib keta olgan.

Lilian Betankur

Bu ayolning boyligi qanchalar koʻp ekanligini tasavvur qilishingiz uchun ajoyib misol: u hayotining 104 yili davomida kuniga bir million dollardan pul sarflashi mumkin. Ayol Fransiyaning ulkan kompaniyalaridan biri – “Loreal” kosmetik vositalar ishlab chiqarish tarmogʻining yirik aksioneri hisoblanadi.

Ushbu kompaniyaga 1909-yilda uning otasi Ejen Shuller tomonidan asos solingan. Ayol yoshlik paytida otasining yonida yurib tajriba oshirgan, korxonada 15 yil ishlagan. Oqibatda otasidan uni meros qilib olgan va asosiy aksionerga aylangan. 2011-yilda ayol ruhiy salomatligi yomonlashgani uchun oila aʼzolarining vasiyligiga topshirildi. Lilian Bettankur 2017-yilning 21-sentyabr kuni vafot etdi.

 


Madaniyat


														
														Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi

Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi

26-apreldan 12-mayga qadar Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Germaniya, Isroil, Indoneziya, Polsha, …
11:32 / 03.04.2024

														
														San’atkorlar “uyli bo‘lish”iga Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi

San’atkorlar “uyli bo‘lish”iga Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi

Vazirlik bu imtiyoz barcha manadiyat xodimlariga, shu jumladan, sohadagi professor va o‘qituvchilarga ham tegishli ekanini, …
10:11 / 10.11.2023

														
														Gollivud yulduzlari Baydenni Isroil-Xamas urushida o‘t ochishni to‘xtatishga undamoqda

Gollivud yulduzlari Baydenni Isroil-Xamas urushida o‘t ochishni to‘xtatishga undamoqda

O‘nlab kino olami arboblari Baydenni G'azoni bombardimon qilishni to‘xtatish va XAMAS qo‘l ostidagi barcha asirlarni ozod qi…
14:45 / 21.10.2023

														
														Samarqand 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi

Samarqand 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi

Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.
11:28 / 27.09.2023

														
														Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga kelin o‘g‘irlash moddasi kiritiladi

Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga kelin o‘g‘irlash moddasi kiritiladi

Qozog‘istonda Jinoyat kodeksiga “Odamni turmush qurish maqsadida o‘g‘irlash” moddasini kiritish taklif qilinmoqda.
11:25 / 04.08.2023

														
														Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

Madaniyat kunlari doirasida konsert, teatrlashtirilgan tomoshalar, kitob ko‘rgazmasi va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejala…
13:11 / 31.07.2023

														
														Rossiyalik modelyer Valentin Yudashkin vafot etdi

Rossiyalik modelyer Valentin Yudashkin vafot etdi

Ijodkorga 2016-yilda saraton tashxisi qoʻyilgan edi.
10:06 / 03.05.2023

														
														Yelizaveta II ning dafn marosimini translyatsiya qilgan rejissyorlar jamoasiga BAFTA mukofoti topshirildi

Yelizaveta II ning dafn marosimini translyatsiya qilgan rejissyorlar jamoasiga BAFTA mukofoti topshirildi

Ijodkorlar jamoasi nufuzli mukofotga bir emas, ikkita yo‘nalish bo‘yicha munosib deb topilgan.
16:05 / 25.04.2023

														
														“Oskar” mukofotining taqdirlash marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

“Oskar” mukofotining taqdirlash marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Shuningdek, mukofotga da’vogarlarning to‘liq ro‘yxati qachon e’lon qilinishiga ham aniqlik kiritildi.
15:13 / 25.04.2023

														
														Neyrotarmoq yordamida yaratilgan “surat” xalqaro fototanlovda g‘olib bo‘ldi

Neyrotarmoq yordamida yaratilgan “surat” xalqaro fototanlovda g‘olib bo‘ldi

Uni tanlovga yuborgan suratkash “asar”ning sun’iy intellekt tomonidan yaratilganini tashkilotchilarga ma’lum qilmagan va shu…
09:31 / 20.04.2023

Bu ham qiziq

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024
Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024
O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni ochiqlandi

O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni ochiqlandi

Shundan 234 044 nafari erkaklar.
16:56 / 17.05.2024
Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Bu haqda Bosh vazirning matbuot kotibi xabar berdi.
15:17 / 17.05.2024
18-may uchun ob-havo ma’lumoti

18-may uchun ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
17:35 / 17.05.2024
Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
15:51 / 17.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Hujum qirg‘oqdagi avtomobil va binoga urilgan.
14:47 / 17.05.2024
Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim Ko‘ksaroy qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda darax…
09:23 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!