$
12695.00 UZS
11.01
138.12 UZS
-1.12
13648.39 UZS
0.42
24° Kechasi 14°

Germaniyada 62 yoshli erkak COVIDga qarshi 217 marta emlandi

16:27 / 06.03.2024

Koronavirusga qarshi 217 marta emlangan 62 yoshli nemis erkak ilmiy tadqiqot mavzusiga aylandi. Germaniyalik tadqiqotchilar uning organizmini o‘rganib, natijalarini “Lancet Infectious Diseases” tibbiy jurnalida chop etdi.

Erkak to‘qqiz oy ichida 130 ta vaksina olgani haqida maqola e’lon qilingach, tadqiqotchilar u bilan bog‘lanib, izlanish o‘tkazishni taklif qilgan. U “shaxsiy sabablarga ko‘ra” 200 martadan ortiq emlanganini bildirgan. Germaniya rasmiylari unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atmagan.

Tadqiqot uchun erkak qon namunalarini, jumladan, yangi, eski qon tahlili natijalari va so‘nggi yillarda muzlatilgan qon namunalarini bergan. Dastlab mutaxassislar me’yordan ortiq emlanish immun tizimining charchashiga olib kelishi mumkinligini taxmin qilgan. Sababi organizmga infeksiya kirganida vaksinalar tananing mudofaa qobiliyatini tezlashtiruvchi, kutish rejimida bo‘lgan immun hujayralarini yaratadi.

Ammo aslida, erkakda standart uch dozali vaksina olganlarga nisbatan T-hujayralari deb nomlanuvchi immun hujayralari ko‘proq chiqqan. Bu hujayralarda hech qanday charchoq aniqlanmagan. Mutaxassislar bu oddiy dozada vaksina olgan odamlar kabi samarali ekanini aytmoqda.

“Umuman olganda, biz zaifroq immunitet reaksiyasini aniqlamadik”, – deydi tadqiqotning yetakchi mualliflaridan biri Katarina Kocher.

Hatto 217-emlanishda ham vaksina ta’siri saqlanib qolgan: erkakning koronavirusga qarshi antitanachalari “sezilarli darajada oshgan”. Erkak tadqiqot davomida yana bir vaksina olgan. Mutaxassislar qon namunalarini olib, u orqali immun tizimi reaksiyasini aniqlagan.

Tadqiqotchilar o‘z izlanishlariga tayanib, “gipervaksinatsiyani adaptiv immunitetni oshirish strategiyasi sifatida ma’qullamasliklarini” ta’kidlagan. Mutaxassislar garchi erkak COVIDga chalingani haqida hech qanday alomat topa olmasalar ham, ular “gipervaksinatsiya rejimi” va infeksiyadan qochish o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatishga qodir emasligini bildirgan.

Germaniyada 60 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi emlangan va ularning aksariyati bir necha dozani olgan. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari 65 yosh va undan oshganlarga koronavirus vaksinasining ikkinchi dozasini olishni tavsiya qildi, chunki ularda virusdan og‘ir kasallikka chalinish xavfi yuqori.



														
														Qirg‘izistonda kuydirgi kasalligi qayd etildi

Qirg‘izistonda kuydirgi kasalligi qayd etildi

Bishkek shahrida oxirgi marta kuydirgi kasalligi 2012-yilda qayd etilgan.
17:44 / 11.05.2024

														
														Argentinada poyezdlar to‘qnashib ketdi

Argentinada poyezdlar to‘qnashib ketdi

Voqea sabab 100 ga yaqin kishi jarohatlangan.
12:33 / 11.05.2024

														
														Putin Mishustinni hukumat raisi etib tayinladi

Putin Mishustinni hukumat raisi etib tayinladi

Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
09:35 / 11.05.2024

														
														Rossiya bosh vazirligiga Putin o‘z taklifini berdi

Rossiya bosh vazirligiga Putin o‘z taklifini berdi

Vladimir Putin bosh vazir lavozimiga Mixail Mishustin nomzodini ilgari surganini ma’lum qildi.
16:59 / 10.05.2024

														
														Peterburgda ichida odamlar bo‘lgan avtobus daryoga tushib ketdi

Peterburgda ichida odamlar bo‘lgan avtobus daryoga tushib ketdi

Voqea joyiga shifokorlar va politsiya yetib keldi.
16:50 / 10.05.2024

														
														Braziliyada toshqin qurbonlari soni 107 kishiga yetdi

Braziliyada toshqin qurbonlari soni 107 kishiga yetdi

Bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida 136 kishi bor.
15:04 / 10.05.2024

														
														Putin bosh vazir lavozimiga Mishustin nomzodini taqdim etdi

Putin bosh vazir lavozimiga Mishustin nomzodini taqdim etdi

Volodinning so‘zlariga ko‘ra, hukumat rahbarini tayinlash masalasi bo‘yicha Majlis 10-may kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi, …
11:44 / 10.05.2024

														
														Zelenskiy Ukraina davlat qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ini lavozimidan bo‘shatdi

Zelenskiy Ukraina davlat qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘ini lavozimidan bo‘shatdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudni lavozimidan bo‘shatdi.
09:52 / 10.05.2024

														
														Ukrainada harbiy safarbarlik 90 kunga uzaytirildi

Ukrainada harbiy safarbarlik 90 kunga uzaytirildi

Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi safarbarlik va harbiy holatni uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini imzoladi.
19:55 / 09.05.2024

														
														“Crocus'dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘ldi” – Emomali Rahmon

“Crocus'dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘ldi” – Emomali Rahmon

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Moskvada uchrashuv o‘tkazib, Crocus'dagi terakt ha…
18:41 / 09.05.2024

Bu ham qiziq

Aripov Mishustinni tabrikladi

Aripov Mishustinni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin bilan telefon orqa…
10:39 / 11.05.2024
Taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov haqida kitob chop etildi

Taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov haqida kitob chop etildi

Kitob taqdimoti XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
15:50 / 11.05.2024
Uyda konserva mahsulotlarini tayyorlashda botulizmdan ehtiyot bo‘ling!

Uyda konserva mahsulotlarini tayyorlashda botulizmdan ehtiyot bo‘ling!

Clostridiumning ko‘pgina turlari bitta neytoksin turini ishlab chiqaradi.
10:19 / 11.05.2024
Temir tanqisligining oldini oluvchi mahsulotlar

Temir tanqisligining oldini oluvchi mahsulotlar

Masalan, mol go‘shti iste’mol qilinganda inson organizmi zarur temir elementini umumiy miqdordan 12 foizigacha o‘zlashtirish…
16:18 / 10.05.2024
Peterburgda ichida odamlar bo‘lgan avtobus daryoga tushib ketdi

Peterburgda ichida odamlar bo‘lgan avtobus daryoga tushib ketdi

Voqea joyiga shifokorlar va politsiya yetib keldi.
16:50 / 10.05.2024
Qonda D vitaminining kamligi mushaklar zo‘riqishiga olib keladimi?

Qonda D vitaminining kamligi mushaklar zo‘riqishiga olib keladimi?

Bugun yer yuzi aholisining aksariyat qismi oyoq tomir tortishining u yoki bu turidan aziyat chekadi.
15:48 / 11.05.2024
Maksimal magnit bo‘roni tufayli texnik muammolar yuzaga kelishi mumkin

Maksimal magnit bo‘roni tufayli texnik muammolar yuzaga kelishi mumkin

Quyoshda ikki sutka ichida eng yuqori — X balli oltita chaqnash yuz bergan.
10:49 / 11.05.2024
O‘zbekistonlik 200 nafar o‘qituvchi Fransiyaga boradi

O‘zbekistonlik 200 nafar o‘qituvchi Fransiyaga boradi

Mazkur loyiha bo‘yicha joriy yilda 200 nafar ustozni qamrab olish rejalashtirilgan.
17:07 / 10.05.2024
G‘azoda qurbonlar soni 34 943 nafarga yetdi

G‘azoda qurbonlar soni 34 943 nafarga yetdi

Yaralanganlar esa 78 572 nafarga yetdi.
12:29 / 11.05.2024
Bugun, 12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 12 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
00:06 / 12.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!