$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
20° Kechasi 14°

Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

15:39 / 22.04.2024

Irlandiyalik pivo ishlab chiqaruvchi Artur Ginnes 27 yoshida pivo biznesiga qo‘l uradi. U “Ginnes” nomi bilan o‘zining pivo zavodini tashkil qiladi. 1759-yilda Artur Ginnes Dublin shahri (Irlandiya)da pivo zavodini qurgan. 1833-yilga kelib, u Irlandiyadagi eng yirik pivo zavodiga aylanadi.

“Ginnes” pivo zavodining ijrochi direktori Hyu Biver, 1951-yilda ovga chiqadi. Ov paytida oltin tusli rjanka qushini mo‘ljalga ola olmaydi va qolgan ovchilar bilan bu qush Yevropadagi eng tezuchar qushligini aytib bahslashib qoladi.

Oradan 3-yil o‘tgach, Hyu Biver yana shu mavzuda bahslashadi. Bu gal esa u rjanka qushining uchish tezligini Shotlandiya kakligi bilan taqqoslaydi. O‘sha payt Hyu Biverga ajoyib g‘oya keladi. U javobsiz va mavhum ko‘ringan bahslarni hal qilishga yordam beradigan yagona manba yaratilishi kerakligi haqida o‘ylab qoladi.

Hyu Biverning orzusini amalga oshirishga “Ginnes” pivoxonasining yana bir hodimi – yengil atletikachi Kristofer Chatvey yordam beradi. Chatvey universitetidagi do‘stlari Norris va Ross MakUayrterlarga o‘zining fikrini aytadi. Ular hamkorlikda, o‘zlarining kitob yaratish bo‘yicha g‘oyalarini “Ginnes” pivoxonasi rahbariyatiga taqdim etishadi. Rahbariyatga ma’qul keladi va ular bu uchun mablag‘ ajratib berishadi.
Zoolog, fiziolog, meteorolog, botanik va boshqa olimlarga minglab xatlar yuboriladi va ma’lumotlar tizimlashtiriladi. Barcha ma’lumotlar saralab olingach, 1955-yil 27-avgustda Artur Ginnes sharafiga nomlangan 198 betlik kitobning birinchi nusxasi chop etildi. Atigi 3-4 oy ichida bu kitob Buyuk Britaniyada 1-raqamli bestsellerga aylandi.

Hozirgi kunga kelib, “Ginnes rekordlari kitobi” butun dunyoda ingliz tilida chop etiladi. Undan tashqari, yana 37 tilga tarjima qilingan.


Lifestyle


														
														Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson 25 yil davomida 6,5 milliard dollar to‘lashni rejalashtirmoqda.
12:41 / 03.05.2024

														
														Vazn tashlash uchun kaloriyalarni hisoblashdan ko‘ra, ovqatlanish vaqtini tartibga solish muhim

Vazn tashlash uchun kaloriyalarni hisoblashdan ko‘ra, ovqatlanish vaqtini tartibga solish muhim

Bu masalaning muammoligi shundaki, ortiqcha vazn ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
10:57 / 03.05.2024

														
														Kunning vaqtiga qarab qanday mahsulotlarni yegan yaxshi?

Kunning vaqtiga qarab qanday mahsulotlarni yegan yaxshi?

Kunning qanday o‘tishi nonushtaga bog‘liq bo‘lgani sabab ham bu vaqtda nima iste’mol qilish muhim sanaladi. Siz tanovul qilg…
10:38 / 03.05.2024

														
														Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Eslatib o‘tamiz, avvalgi rekord baliq 30,8 kilogrammni tashkil qilgan.
09:54 / 03.05.2024

														
														Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Ushbu kompaniyalar aniqlangan chiqindilarning deyarli 25 foizini tashkil qiladi.
14:48 / 02.05.2024

														
														Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Quyida ular haqida batafsil ma’lumot beramiz.
14:34 / 02.05.2024

														
														Taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi

Taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi.
12:56 / 02.05.2024

														
														Bradikardiya qanday kasallik?

Bradikardiya qanday kasallik?

Bradikardiya – bu yurakning bir daqiqa davomida 60 tadan kam qisqarishi hisoblanadi.
10:34 / 01.05.2024

														
														AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

Amerika rasmiysining qayd etishicha, bunday darajaga erishish deyarli imkonsiz.
10:31 / 01.05.2024

														
														Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Hibsga olinganida u An-Naja universitetining jurnalistika fakulteti talabasi edi.
16:34 / 29.04.2024

Bu ham qiziq

Sergelidagi omborxonada chiqqan yong‘in bo‘yicha sud ishi bo‘lib o‘tdi

Sergelidagi omborxonada chiqqan yong‘in bo‘yicha sud ishi bo‘lib o‘tdi

Shuningdek, portlashda 163 nafar fuqaro jabrlandi va hodisa oqibatida 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir voqea joyida vaf…
19:57 / 03.05.2024
O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

Uchrashuvda Qambarota GES-1 va “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga a…
15:54 / 02.05.2024
Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini…
20:14 / 02.05.2024
Chorsudagi “tilla bozorga” o‘g‘ri tushdi va 49 million so‘mlik tillani o‘mardi

Chorsudagi “tilla bozorga” o‘g‘ri tushdi va 49 million so‘mlik tillani o‘mardi

Dastlabki surishtiruvlar natijasida ushbu ayol Qo‘qon shahrida yashovchi 49 yoshli X.G., yonidagi o‘smir esa uning 12 yoshli…
16:19 / 03.05.2024
4-may kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotlari

4-may kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotlari

3-8 mayda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
17:05 / 03.05.2024
Prezident Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniya rahbarlarini qabul qildi

Prezident Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniya rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchras…
17:23 / 03.05.2024
Binance kriptobirjasi asoschisi XAMASga o‘tkazmalarni yashirishda ayblanmoqda

Binance kriptobirjasi asoschisi XAMASga o‘tkazmalarni yashirishda ayblanmoqda

Prokurorlar unga uch yillik qamoq jazosini so‘ragan edi.
09:53 / 03.05.2024
Prezident to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi

Prezident to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi

Aytilgan har bir loyiha bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish topshirildi.
14:56 / 03.05.2024
Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishi bo‘yicha sud yopiq tarzda o‘tkazilmoqda

Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishi bo‘yicha sud yopiq tarzda o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilmoqda.
17:11 / 02.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!