$
12687.70 UZS
-7.17
140.03 UZS
0.55
13790.26 UZS
23.94
25° Kechasi 16°

Keksalar uchun piyoda yurish foydali

10:20 / 01.05.2024

So‘nggi yillarda dunyoda infarkt, insult, saraton, qandli diabet kabi xavfli noinfeksion xastaliklarga chalinish ortib bormoqda. Bunga, asosan kamharakatlik sabab bo‘lyapti.

Noinfeksion xastaliklar jahonda nogironlik va o‘limning asosiy sababi, — Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘lim boshlig‘i Barno Odilova javob berdi. — Bu muammoning oldini olish, organizmning sog‘lom bo‘lishi uchun esa muntazam jismoniy faollik zarur. Inson tanasi uchun eng tabiiy va foydali mashg‘ulot esa piyoda yurishdir.

Ayniqsa, u katta yoshdagi aholi orasida eng xavfsiz, hech qanday mablag‘ va alohida tayyorgarlik talab etmaydigan jismoniy faollik turi hisobanadi.

Doimiy piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 31 foizga kamaytiradi.
Kuzatuv yillari davomida muntazam ravishda piyoda yurgan kishilarda o‘lim holati ehtimoli o‘zini ortiqcha urintirmagan kishilarga nisbatan 32 foizga kam bo‘lgan.

Harvard universitetining yetti keng ko‘lamli tadqiqoti meta-tahliliga asosan ham shunga o‘xshash xulosa va raqamlar keltirilgan:
- Harvardning 10 269 nafar bitiruvchisi orasida kamida 9 mil masofaga piyoda yurish (kuniga 2 km.dan ortiq) o‘lim xavfining 22 foizga kamayishiga to‘g‘ri kelgan;
- Tibbiyot sohasida ishlovchi 44 452 kishi orasida – kuniga kamida 30 daqiqa piyoda yurganlar yurak ishemik kasalliklar xavfiga 18 foizga kamroq chalinishgan;
- 72 488 tibbiyot hamshirasi orasida haftasiga 3 soat piyoda yurgan xodimlarda yurak xuruji – 35 foizga, insult xavfi 34 foizga kam bo‘lgan.

London universitetining ikki olimi piyoda yurishning organizimga ta’sirini o‘rganish uchun 1970-yildan 2007-yilgacha bo‘lgan barcha tadqiqotlar meta-tahlilini o‘tkazdi. Bunda 500 000 kishi ishtirok etib, ular o‘rtacha 12 yil davomida kuzatilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, ular quyidagi xulosaga keldi:

Asab tizimi – miya faoliyati, harakat va koordinatsiyani yaxshilaydi, asab hujayralari kislorod bilan boyitadi, tinchlantiradi, uyqu me’yorlashadi. Depressiya xavfini 30 foizga, Alsgeymer kasalligini 40 foizga kamaytiradi.

Yurak-qon tomirlar tizimi – vegetativ asab tizimining holatiga ta’siri orqali qon bosimini kamaytiradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi. Yurish paytida oyoq mushaklarining ritmik qisqarishi va bo‘shashishi qon va limfa oqimini faollashtiradi, tomirlar kengayishining oldini oladi.

Harakat-tayanch tizimi – metobolizmni oshiradi, ortiqcha kaloriyani yo‘qotadi va mushak massasi ortadi. Yurish ta’siri ostida suyak to‘qimasining tiklanish jarayonlari faollashadi, bu suyak mineral zichligini oshishiga olib keladi. Bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytirib, harakatchanlikni oshiradi, ularni o‘rab turgan mushaklarni kuchaytiradi.

Nafas olish tizimi – o‘pka ventelyasiyasini yaxshilab, hajmini oshiradi. Ko‘krak qafasi mushaklari nafas olish jarayoniga jalb qilingani sababli o‘pkaning ekskursiyasi kuchayadi va kislorod almashunuvi 30 foizga oshadi.

Ovqat hazm qilish tizimi – o‘t pufagi va ichaklar to‘lqinli harakatlarining oshishi tufayli o‘t qopida tosh paydo bo‘lishi va qabziyatning oldini oladi.

Endokrin tizimi – yurganda mushaklar energiyani yog‘larning oksidlanishi va uglevodlarning parchalanishi hisobiga oladi. Bu ortiqcha vazn yo‘qotishda samarali ta’sir ko‘rsatadi va qandli diabet kasalligining oldini oladi.


Foydali


														
														Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Qissadan hissa chiqaring.
15:32 / 05.05.2024

														
														Binance kriptobirjasi asoschisi XAMASga o‘tkazmalarni yashirishda ayblanmoqda

Binance kriptobirjasi asoschisi XAMASga o‘tkazmalarni yashirishda ayblanmoqda

Prokurorlar unga uch yillik qamoq jazosini so‘ragan edi.
09:53 / 03.05.2024

														
														“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

Filmning premyerasi 8-may kuni bo‘lib o‘tadi.
11:10 / 01.05.2024

														
														Keksalar uchun piyoda yurish foydali

Keksalar uchun piyoda yurish foydali

Bunga, asosan kamharakatlik sabab bo‘lyapti.
10:20 / 01.05.2024

														
														Yuz yoshdan oshish mumkin, agar...

Yuz yoshdan oshish mumkin, agar...

Tadqiqotchilar ushbu usul 120-yilgacha umr ko‘rishni ta’minlovchi muhim omilga aylanishi mumkin, deyishmoqda.
10:26 / 03.04.2024

														
														Terining tez qarishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Terining tez qarishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Buning uchun kunlik menyuda teriga foydali bo‘lgan oziq-ovqat va vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.
13:35 / 27.03.2024

														
														Magnit bo‘roni vaqtida nima qilish kerak?

Magnit bo‘roni vaqtida nima qilish kerak?

Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
15:40 / 25.03.2024

														
														JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

Qayd etilishicha, uch yildan buyon sayyoramizda mazkur epidemiya bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashyapti.
14:44 / 25.03.2024

														
														Uzoq umr ko‘rish shartlari

Uzoq umr ko‘rish shartlari

Ekspert fikricha, uzoq va sog‘lom hayotga yetaklovchi yana bir muhim omil to‘g‘ri ovqatlanish.
10:01 / 20.03.2024

														
														Limonning siqib olingan suvi sepkillarni ketkazadi

Limonning siqib olingan suvi sepkillarni ketkazadi

Terini yoshartiruvchi tavsiyalar
11:20 / 19.03.2024

Bu ham qiziq

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

Yaralanganlar soni esa 79 476 tani tashkil etmoqda.
12:58 / 20.05.2024
Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Senatning tegishli qarori bilan 7 nafar sudya Oliy sud sudyasi etib saylandi.
12:48 / 20.05.2024
Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Pre…
12:06 / 20.05.2024
“Zelenskiyning vakolat muddati tugashi mojaroga ta’sir qilmaydi” – Peskov

“Zelenskiyning vakolat muddati tugashi mojaroga ta’sir qilmaydi” – Peskov

“Bu haqda Rossiya federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 20-may, dushanba kuni jurnalistlarga ma’lum qil…
17:44 / 20.05.2024
Eron Prezidenti bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi

Eron Prezidenti bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
18:57 / 21.05.2024
Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
15:44 / 20.05.2024
Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yildi

Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
12:38 / 21.05.2024
Dollarning rasmiy kursi pastladi

Dollarning rasmiy kursi pastladi

Markaziy bank 21-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
16:22 / 20.05.2024
Vaqtincha prezident Muhammad Muxbar haqida nimalar ma’lum

Vaqtincha prezident Muhammad Muxbar haqida nimalar ma’lum

Muxbar, 1955-yil 1-sentabrda tug‘ilgan, xuddi Raisiy singari, oliy rahbar Ali Xomanayiga yaqin inson sanaladi. 2021-yilda Ra…
16:54 / 20.05.2024
Ashxobodda Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi

Ashxobodda Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi

Maxtumquli yodgorligi atrofida jahon adiblari va atoqli shaxslarining haykallari o‘rnatilgan.
16:42 / 21.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!