$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
21° Kechasi

Musulmonlarning qoni oqayotgan G‘azo. O‘zi tuzgan davlatni eplolmayotgan BMT. Falastin–Isroil mojarosi

09:53 / 03.11.2023

Avvalo, mavzuga kirishdan oldin OAVda sizdirilayotgan rasmiy va qisman norasmiy ma’lumotlar bilan tanishamiz va tahlil qilamiz.

- Urushni, ya’ni Falastin-Isroil mojarosini Rossiya boshladimi? Bundan maqsad OAVni Ukrainadan chalg‘itish edimi?

- KXDR va Belarus prezidentlari uchinchi jahon urushi boshlanishini ta’kidlamoqda;

- Falastin-Isroil urushi fonida dunyo mamlakatlari va yirik (faqat qog‘ozda) tashkilotlar nega jim?

- Isoril-Falastin, Rossiya-Ukraina, Ozarboyjon-Qorabog‘ muammolaridan maqsad nima? OAVda aylanayotgan mazkur mavzular bo‘yicha quyidagi maqolada gaplashamiz.

Isroil davlatining tashkil topish tarixi

Yaqin Sharqdagi kelishmovchilik borgan sari keskinlashib boryapti va bu keskinlashuvning xuni minglab musulmonlarning, qisman yahudiylarning o‘limi bilan tugayapti. Qariyb 75 yildan buyon surunkali davom etib kelayotgan urushning asl sababi nima va tomonlar nima xohlayapti?

Isroil davlatining vujudga kelish tarixi bevosita XIX asrga borib taqaladi. O‘sha davrda yevropalik yahudiylar Isroil davlati tuzishni reja qila boshlaydi va u paytda Falastin hududlari Usmonli turklar imperiyasi nazoratida bo‘ladi. 1914-1918-yillardagi Birinchi jahon urushidan keyin turklar mag‘lub bo‘ladi va Falastin hududlari Britaniya imperiyasi qaramog‘iga o‘tadi. Shundan keyin alohida Isroil davlatini tashkil qilish fikri ilgari surila boshlaydi.

Birinchi jahon urushi tugashiga bir yil qolganda Isroil davlatini tuzish bo‘yicha Britaniyada deklaratsiya qabul qilinadi. Bu qarorni asli yahudiy bo‘lgan britaniyalik siyosatchi Artur Belfor yoqlab chiqqan edi. Tabiiyki, Britaniyaning nazoratida bo‘lgan Falastinga butun dunyodan tarqoq yashayotgan yahudiylar ko‘chib kela boshlaydi. Bizga ma’lumki, nemislar yahudiylarni yomon ko‘rgan va Gitler ularni ayovsiz qirgan. Uysiz, boshpanasiz qolgan yahudiylar dengiz va quruqlik orqali Falastin yerlariga “Nemislar oilamizni, yerimizni, bolalarimizni yo‘q qildi. Umid qilamizki sizlar bunday qilmaysiz”, degan plakatlar bilan tashrif buyura boshlagan. Asl maqsadidan xabari yo‘q sodda musulmonlar esa, ularni quchoq ochib kutib oladi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida BMT tuziladi. Tashkilot tuzilishi bilan Isoril va Falastinni ikki davlatga ajratish g‘amini yeya boshlaydi. 1947-yil BMT o‘zi tuzgan va bugungi kunda o‘zi eplolmayotgan Isroil davlatini tuzishga qaror qiladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, musulmonlarning yerlari ikki bo‘linadi. Davlat bo‘lib shakllanishi bilan AQSh Isroilni norasmiy qaramog‘iga oladi. Mana 75 yildirki yahudiylar, “qo‘ynidan” joy bergan musulmonlarning yerlarini va “Al-Aqso” masjidini turli xil shakllarda o‘zlashtirishga harakat qiladi.

Falastin-Isroil mojarosini Rossiya boshladimi?

Tarmoqlarda XAMAS-Isroil mojarosini Rossiya boshladi degan norasmiy xabarlar tarqalmoqda.


XAMAS yetakchisi Xolid Meshalning aytishicha, urushni Rossiya boshlamagan, lekin ularning harakati ruslarga foyda keltirgan, ya’ni dunyo OAVlari va AQSh Ukrainadan qisman chalg‘igan. Yaqindagina Qo‘shma Shtatlarga tayinlangan yangi spiker ham davlat ajratayotgan gumanitar va harbiy yordamlarni ikkiga bo‘lishni, Iroil va Ukrainaga berishni taklif qilgan edi. Bu esa Ukrainaga bo‘lgan e’tiborni kamaytiradi. Zelenskiy ham aynan shundan xavotir olgan edi. Umuman olib qaraganda, XAMAS va Isroil ziddiyati Ukrainaga bo‘lgan e’tiborni rostan ham pasaytirdi. AQShning yangi spikeri Kiyevga berilishi kerak bo‘lgan yordamni biroz vaqtga kechiktirib turishini aytdi. Blinken esa Kulebaga yordam berishdan to‘xtamaslikni va’da berdi.

Uchinchi jahon urushi boshlanadimi? 



XAMAS-Isroil to‘qnashuvida arab davlatlari nega jim. Sababi, ular aralashsa, qolgan davlatlar ham birlashadi, bu esa jahon urushiga olib kelishi mumkin. Jahon urushi katta ehtimol bilan boshlanmaydi, chunki Falastindagi 2 mln aholini hechkim, hech qaysi arab mamlakatlari qaramog‘iga olmoqchi emas. Hozircha urushga Falastin tayyor ham emas. Urush boshlansa gigant davlatlar tabiiyki ikkiga ajralishiga va ayrim davlatlar esa betaraf bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Hammamizga ma’lum urush oqibatida minglab qochqinlar bo‘lishi mumkin, taraflanayotgan davlatlar esa ularni qabul qilishi kerak. Bundan tashqari, ularning milliy manfaatlari bor, ularni kiritish katta pul talab qiladi, ular aholiga ta’sir qilishi mumkin, shuning uchun ham bu masalada hamma davlatlar o‘zining milliy manfaatlarini o‘ylab ish tutadi.

Xalqaro tashkilotlar nega jim?

Keyingi masala. Nega BMT va Yevropa Ittifoqi jim? Yahudiylarning ayovsiz hujumi natijasida G‘azoda minglab odamlar halok bo‘ldi, ularning aksariyati bolalar va ayollar edi. Bu vaziyatni esa eng yaqindan tomosha qilayotgan va qo‘l qovushtirib o‘tirgan arab mamlakatlari va Xalqaro tashkilotlardir. Qisqa qilib tushuntirsak, mazkur tashkilotlarni ziddiyatga aralashish va qonli to‘qnashuvlarni to‘xtatishga undaydigan davlatning o‘zi, ya’ni AQSh urushni boshladi va davom ettiryapti. Shu sababli ham BMT o‘z vazifalarini bajara olmayapti.



Hozirgi davrda dunyoda vujudga kelayotgan urushlarning hammasida bir maqsad bor. Dunyo qutblashyapti, bu esa Xitoyning imkoniyatlarini oshirib yubordi. XXR Rossiyaga ham, AQShga ham biroz qarama qarshiroq. Rossiya Ukrainada botqoqqa botib qoldi. AQSh esa Yaqin sharqdan qutuldim degan paytda yana aralashishga majbur bo‘lyapti. Endi kamida 20 yil yana qolib ketadi va bularning hammasi Xitoy manfaatlariga xizmat qiladi.

Falastin-Isroil mojarosini Rossiya boshladimi? Bir narsaga e’tibor berish kerak, dunyoda xalqaro tartibot o‘zgaryapti. BMT va YeIning o‘rni judayam tushib ketdi. Endi yangi tizim yaratiladi va bu o‘tish davrida hamma davlatlar kuchli va barqaror bo‘lishni, muammolarini hal qilib olishni xohlamoqda. Xabaringiz bor, Ozarboyjon ham Qorabog‘ masalasini hal qilib oldi. Rossiya ham Ukraina muammosini hal qilmoqchi va shu qatorda Isroil ham yangi dunyoga kuchliroq va barqaror bo‘lib o‘tish uchun harakat qilmoqda. Balki Xitoy ham Tayvanga mazkur usullarni qo‘llab ko‘rar. Xulosa qilib aytish mumkinki, jahonda yuz berayotgan ziddiyatlarning hammasida bir maqsad bor – yangi va tizimlashayotgan dunyoga kuchliroq bo‘lib o‘tish.

Ilyos Boltayev tayyorladi


Falastin-Isroil


														
														Isroilning G‘azodagi hujumlarida yana bir jurnalist halok bo‘ldi

Isroilning G‘azodagi hujumlarida yana bir jurnalist halok bo‘ldi

U Rafah shahridagi uylardan biriga zarba berish chog‘ida halok bo‘lgan.
17:35 / 25.04.2024

														
														G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 54 nafar fuqarosi halok bo‘lgan.
12:51 / 23.04.2024

														
														G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

Avvalroq, G‘azo janubida falastinliklarning ommaviy qabri topilgani haqida xabar bergan edik.
10:30 / 23.04.2024

														
														G‘azo janubida falastinliklarning ommaviy qabri topildi

G‘azo janubida falastinliklarning ommaviy qabri topildi

U Nosir kasalxonasi hududidan topilgan.
11:24 / 22.04.2024

														
														G‘azoda Isroil tajovuzi qurbonlari soni 34 mingdan oshdi

G‘azoda Isroil tajovuzi qurbonlari soni 34 mingdan oshdi

7-oktyabrdan beri G‘azo sektorida davom etayotgan Isroil tajovuzi natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 34 097 kishig…
18:20 / 21.04.2024

														
														Isroil armiyasi Eronga hujum qilingani haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi

Isroil armiyasi Eronga hujum qilingani haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi

Portlashdan so‘ng Tehron, Isfaxon, Sheroz shaharlari va qator viloyatlarda parvozlar to‘xtatilgan.
16:41 / 19.04.2024

														
														Erdog‘an: Isroil Gitlerdan o‘zib ketdi

Erdog‘an: Isroil Gitlerdan o‘zib ketdi

Isroil 14 mingdan ortiq begunoh bolalarni o‘ldirgan.
16:05 / 17.04.2024

														
														Olti oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektorida novvoyxona qayta ochildi

Olti oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektorida novvoyxona qayta ochildi

Muassasa olti oyga yopilgan edi.
15:51 / 17.04.2024

														
														Isroil prezidenti Eronning zarbalarini “urush e’lon qilish” deb atadi

Isroil prezidenti Eronning zarbalarini “urush e’lon qilish” deb atadi

U bu haqda “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida aytgan.
14:16 / 15.04.2024

Bu ham qiziq

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024
iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

Mazkur chora joriy yilning 1-iyunidan kuchga kirishi mumkin.
15:53 / 26.04.2024
Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

2022-yil fevral oyida nafaqaxo‘r COVID-19’ning Omikron shtammini yuqtirib olgan.
15:41 / 26.04.2024
AQShda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi

AQShda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi

Jabrlanganlar to‘g‘risida esa ma’lumot kelib tushmagan.
14:02 / 27.04.2024
Yaponiyalik bola parchalangan pulni yig‘ib, bankka topshirdi

Yaponiyalik bola parchalangan pulni yig‘ib, bankka topshirdi

U buning uchun 3 hafta vaqt sarflagan.
10:18 / 26.04.2024
Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Bu izlar "o‘rgimchak" deb nomlandi.
12:07 / 26.04.2024
Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Koreya banki 2040-yilgacha yiliga 0,1%ga pasayishni boshlashi haqida ogohlantirdi.
18:01 / 26.04.2024
Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
09:17 / 27.04.2024
Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Biroq Nike bu da’volarni asossiz deb hisobladi.
12:06 / 26.04.2024
Donald Tramp Jo Baydenni Nyu-York sudida debatga taklif qildi

Donald Tramp Jo Baydenni Nyu-York sudida debatga taklif qildi

Saylovoldi safari tufayli Bayden ham hozircha shaharda.
13:08 / 27.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!