Ayollarda vitamin va minerallar taqchilligi tez seziladi. Negaki, gormanal o‘zgarishlar, homiladorlik davrida farzandga o‘z zaxirasidagi vitaminlarni berishi hisobiga o‘zida taqchillik sezila boshlanadi. Bora bora 40 yoshga yetgach qo‘shimcha ravishda, albatta, qabul qilishi kerak bo‘lgan vitamin va minerallar mavjud.
Bu borada Shifokor Nozima O‘rinova o‘zining tibbiy maslahatlarini ulashdi.
Kalsiy
Tanadagi barcha kalsiyning 99 foizi suyaklarda to‘planib, ularning zichligi va mustahkamligini ta’minlaydi. O‘rta hayotda reproduktiv gormon esterogen darajasining pasayishi bilan kalsiyning so‘rilishi kamayadi. Yana bir muammo shundaki, ayollar ko‘pincha kalsiyga boy oziq-ovqatlarni, masalan, sut mahsulotlari, bargli ko‘katlar iste’mol qilmaydilar.
D vitamini
Bu vitamin tanangizga oziq-ovqatdan kalsiyni olish va ishlatish uchun kerak. Shuningdek, u himoya immunitet jarayonlarida ishtirok etadi. Bu modda quyosh nuri tushganda tanangiz ishlab chiqaradigan yagona vitaminlar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!