$
12695.00 UZS
11.01
138.12 UZS
-1.12
13648.39 UZS
0.42
30° Kechasi 16°

O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

14:44 / 27.04.2024

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Britaniyaning “NEU Professionals” rekruting agentligi, Qirollik hamshiralik kolleji, Koventri universiteti va “Mutaxassis til kurslari” markazi vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Safar davomida Britaniya tomoni O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Samarqand shahridagi “Medicon” universitetida uchrashuvlar o‘tkazilgan.

“Olib borilgan muzokaralar natijasida, o‘zbekistonlik 10 mingdan ortiq tibbiyot sohasi vakillarini chet tillariga o‘qitish orqali Buyuk Britaniyadagi nufuzli shifoxonalarga ishga qabul qilish hamda 3 ming AQSh dollari miqdorida oylik maosh to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, “NEU Professionals” rekruting agentligi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ish beruvchi talabi, ushbu yurtda ishlash tartibi batafsil tushuntirildi”, – deyiladi xabarda.

Britaniya tomoni o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari, jumladan hamshiralar o‘rta tibbiy xodim sifatida faoliyat yuritish bilan cheklanib qolmasligi, balki qobiliyati, intilishi, tajribasi va til bilishidan kelib chiqib, vazifasi nuqtayi nazaridan o‘sish imkoniga ega bo‘lishini ta’kidladi.

“NEU Professionals” rekruting agentligi 2013-yil chet ellik tibbiyot mutaxassislarini Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti shifoxonasi va boshqa tibbiyot muassasalari uchun yollashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan. Kompaniya xorijdan tibbiyot mutaxassislarini Angliya va Uelsga yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqda.


Bu ham qiziq

Bahorda ko‘payadigan 5 kasallik

Bahorda ko‘payadigan 5 kasallik

Lekin aksincha bo`lsa, terida mayda toshmalar toshishi, shamollash, ko`zda konyuktivit boshlanishi mumkin. Bularning oldini …
09:46 / 09.05.2024
6G tezligi sinovdan o‘tkazildi

6G tezligi sinovdan o‘tkazildi

U 5G tezligidan 10 barobarga tez ishlaydi.
17:10 / 08.05.2024
Ukrainada harbiy safarbarlik 90 kunga uzaytirildi

Ukrainada harbiy safarbarlik 90 kunga uzaytirildi

Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi safarbarlik va harbiy holatni uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini imzoladi.
19:55 / 09.05.2024
“Crocus'dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘ldi” – Emomali Rahmon

“Crocus'dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘ldi” – Emomali Rahmon

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Moskvada uchrashuv o‘tkazib, Crocus'dagi terakt ha…
18:41 / 09.05.2024
Falastinlik san’atkorlar vayronalarda qo‘shiq kuylab, G‘azo faryodini dunyoga yetkazmoqda

Falastinlik san’atkorlar vayronalarda qo‘shiq kuylab, G‘azo faryodini dunyoga yetkazmoqda

Ular umri davomida o‘z so‘zlarini qo‘shiq orqali dunyoga yetkazadi.
09:40 / 09.05.2024
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan …
16:58 / 09.05.2024
Parij ko‘chalarшdan biriga Navalniy nomi beriladi

Parij ko‘chalarшdan biriga Navalniy nomi beriladi

Bu haqda deputatlar 7-may kuni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
14:15 / 09.05.2024
OAV: AQSh Rafahdagi operatsiya tufayli Isroilga bomba yetkazib berishni to‘xtatdi

OAV: AQSh Rafahdagi operatsiya tufayli Isroilga bomba yetkazib berishni to‘xtatdi

Bu qaror Rafahning aholi zich joylashgan hududlariga snaryadlar tashlab yuborilishi mumkinligidan xavotirlar tufayli qabul q…
19:46 / 08.05.2024
Gitlerning bunday o‘limi oldindan taxmin qilingan

Gitlerning bunday o‘limi oldindan taxmin qilingan

Natsistlar yetakchisining umr yo‘ldoshi o‘limidan oldin eri yaxshi ko‘rgan ko‘ylagini kiyadi.
10:30 / 09.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!