$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
30° Kechasi 16°

O‘zbekistonda nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi hujjatlar tizimlashtiriladi

14:57 / 23.10.2023

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

- fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risidagi nizom;

- fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

- fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari;

- tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;

- o‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.

Yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishda berilgan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) gerb yig‘imi BHMning 15 foizi miqdorida undiriladi.

Shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxiv ma’lumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir xil seriya va raqamli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirganlik uchun gerb yig‘imi undirilmaydi.

FHDYO organlari tegishli yozuvlar orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:
- tug‘ilganlik haqida;
- nikoh tuzish haqida;
- nikohdan ajralish haqida;
- o‘lim haqida.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDYO organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.

Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish, jinsni o‘zgartirish kabi voqea va faktlar yuqorida sanab o‘tilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.


Bu ham qiziq

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Bu haqda Rossiya Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.
15:58 / 07.05.2024
Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Aksiya faqat bir kun — 9-may kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi.
19:29 / 08.05.2024
Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Bu haqda u Telegram kanalida ma’lum qilgan.
17:41 / 07.05.2024
9-may kuni O‘zbekiston hududlarida  yomg‘ir yog‘adi

9-may kuni O‘zbekiston hududlarida  yomg‘ir yog‘adi

Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
02:27 / 09.05.2024
Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston Respublikasi chegarachilari orasida qurbonlar yo‘q.
09:46 / 08.05.2024
Prezident jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Prezident jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Bobolar o‘zbekistonliklarni tinchlikning qadriga yetish, vatanparvarlik, mehnatsevarlikka da’vat etdi.
14:30 / 08.05.2024
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni qoldirildi

Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni qoldirildi

Sud jarayonini noma’lum muddatga qoldirilgan.
09:52 / 08.05.2024
UzAuto Motors’da deyarli 40 daqiqa ichida 4 500 ta Lacetti sotildi

UzAuto Motors’da deyarli 40 daqiqa ichida 4 500 ta Lacetti sotildi

Yangi kontraktatsiya bugun, 8-may kuni, soat 10:00 da ochilishi kerak edi.
11:11 / 08.05.2024
Nyu-York dunyodagi eng boy shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi

Nyu-York dunyodagi eng boy shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi

Kuchli uchlikni bo‘lsa Tokio egallagan.
10:15 / 08.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!