$
12695.00 UZS
11.01
138.12 UZS
-1.12
13648.39 UZS
0.42
22° Kechasi 14°

Prezident xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolar uchun muhim qarorni qabul qildi

10:23 / 26.05.2023

Joriy yil 24-may kuni “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, jumladan, quyidagilar tasdiqlandi:

“Raqamli hukumat” va “Raqamli hudud” dasturlari doirasida 2023–2024-yillarda amalga oshiriladigan 300 ta ustuvor loyihalar ro‘yxati;

2023-yil yakunigacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sonini 570 taga yetkazish doirasida portalda birinchi navbatda joriy etiladigan 95 ta xizmat va servislar ro‘yxati;

2023-yil 1-dekabrdan aholi va tadbirkorlardan talab qilish bekor qilinadigan 47 turdagi ma’lumotlar ro‘yxati;

aholi va tadbirkorlarga xizmatlardan foydalanish holati bo‘yicha yuboriladigan eslatma va xabarnomalar ro‘yxati.

2023-yil 1-iyundan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tashqi kredit va beg‘araz ko‘mak mablag‘lari asosida amalga oshiriladigan loyihalarning raqamli komponentlarga yo‘naltiriladigan qismi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan majburiy tarzda kelishiladi.

Qarorga ko‘ra, “Raqamli geoportal” axborot tizimi va “Xalq nazorati” platformasi:

2023-yil 1-sentyabrgacha Angren, Ohangaron, Yangiyo‘l, Chirchiq va Nurafshon shaharlarida;

2023-yil yakunigacha Jizzax va Urganch shaharlarida ishga tushiriladi.

2023-yil 1-oktyabrdan tadbirkorlarga elektron tijorat faoliyati doirasida erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

“Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichi sifatida xorijiy nufuzli ta’lim platformalarida IT-yo‘nalishdagi onlayn o‘quv kurslarda tahsil olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.

2023-yil 1-oktyabrdan B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolar tomonidan tegishli yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 foiz qismini qoplash tizimi joriy etiladi.

Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o‘quv markazlariga har bir bitiruvchi uchun BHMning 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni zichligi aniqlandi

O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni zichligi aniqlandi

Eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida ma’lum qilingan.
14:38 / 08.05.2024
Ukrainada harbiy safarbarlik 90 kunga uzaytirildi

Ukrainada harbiy safarbarlik 90 kunga uzaytirildi

Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi safarbarlik va harbiy holatni uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini imzoladi.
19:55 / 09.05.2024
“Crocus'dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘ldi” – Emomali Rahmon

“Crocus'dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘ldi” – Emomali Rahmon

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Moskvada uchrashuv o‘tkazib, Crocus'dagi terakt ha…
18:41 / 09.05.2024
Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Aksiya faqat bir kun — 9-may kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi.
19:29 / 08.05.2024
Bugun, 10-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 10-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 10 may kuni Toshkentda havo biroz bulutl…
07:16 / 10.05.2024
Sergelida KIA piyodani urib yubordi

Sergelida KIA piyodani urib yubordi

Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi ikki mashina o‘rtasida uyushtirilgan poyga yo‘lagiga tushib qolgan va olgan tan jarohati t…
23:05 / 09.05.2024
Xitoydagi tezyurar poyezdi chiptasi qancha?

Xitoydagi tezyurar poyezdi chiptasi qancha?

Xitoyda tezyurar poyezdlar chiptalari 15-iyundan 20 foizga qimmatlashadi.
12:49 / 08.05.2024
Asabni tinchlantirish usullari

Asabni tinchlantirish usullari

Bu holda eng yaxshi yechim jismoniy mashqlar bajarish yoki dush qabul qilishdir.
09:52 / 09.05.2024
Bahorda ko‘payadigan 5 kasallik

Bahorda ko‘payadigan 5 kasallik

Lekin aksincha bo`lsa, terida mayda toshmalar toshishi, shamollash, ko`zda konyuktivit boshlanishi mumkin. Bularning oldini …
09:46 / 09.05.2024
O‘zbekistonda qancha urush faxriylari borligi  ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qancha urush faxriylari borligi ma’lum bo‘ldi

Ularning eng ko‘pi Toshkent shahri va viloyatida yashamoqda.
08:03 / 09.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!