$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
20° Kechasi 14°

Rossiya va Qozog‘istondan olib kelingan 19,7 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi

10:23 / 20.04.2024

DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida bir nechta tezkor tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan 4 kg 824 gr “Mefedron”, 3 kg 274 gr “Spays” va 2 kg 130 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositalari borligi ma’lum bo‘lib, ular tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar mamlakatimizga bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda Qozog‘iston Respublikasidan olib kelingan va kelgusida ularni kichik bo‘laklarga bo‘lgan holda, internet tarmog‘i orqali sotish rejalashtirilgan.

Boshqa holatda esa 3 dona avtomobil ehtiyot qismi (kardan vali) ichiga yashirilib, Rossiya Federatsiyasidan yuk avtomashinasida yuborilgan 3 kg 780 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini Toshkent viloyatining Zangiota tumanida qabul qilib olgan vaqtlarida, Toshkent shahrida yashovchi 2 nafar va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi bir nafar shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar ham kichik bo‘laklarga bo‘lingan holda internet tarmog‘i orqali mijozlarga sotilishi rejalashtirilgan.

Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaroning Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 5 kg 687 gr “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi borligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur shaxs Rossiya Federatsiyasidan keltirilgan ushbu kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni kichik bo‘laklarda Yangihayot va Sergeli tumanlari hududidagi xufiya joylarga yashirib, so‘ngra ularni Telegram orqali mijozlarga sotishni reja qilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Bu ham qiziq

Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi

Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi

Avvalroq, Turkiya TIV rahbari Xakan Fidan G‘azo sektoridagi harakatlari tufayli Isroilga qarshi sanksiyalar majmuasini e’lon…
21:14 / 02.05.2024
4-may kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotlari

4-may kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotlari

3-8 mayda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
17:05 / 03.05.2024
Sergelidagi omborxonada chiqqan yong‘in bo‘yicha sud ishi bo‘lib o‘tdi

Sergelidagi omborxonada chiqqan yong‘in bo‘yicha sud ishi bo‘lib o‘tdi

Shuningdek, portlashda 163 nafar fuqaro jabrlandi va hodisa oqibatida 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir voqea joyida vaf…
19:57 / 03.05.2024
Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Video muallifi Oleg Artemyev bo‘lib chiqdi.
15:49 / 03.05.2024
Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Quyida ular haqida batafsil ma’lumot beramiz.
14:34 / 02.05.2024
3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 3-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
22:49 / 02.05.2024
Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson 25 yil davomida 6,5 milliard dollar to‘lashni rejalashtirmoqda.
12:41 / 03.05.2024
O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi.
15:28 / 03.05.2024
2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

Umumiy eksportdagi ulushi qariyb 72 foizni tashkil etmoqda.
14:46 / 02.05.2024
Qirg‘iziston TIV o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda

Qirg‘iziston TIV o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda

Bu haqda kz.kursiv.media xabar berdi.
09:59 / 03.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!