$
12620.01 UZS
-42
135.74 UZS
-1.91
13522.34 UZS
-71.59
22° Kechasi 12°

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

13:59 / 17.04.2024

 Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19-aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati yozmoqda.

“Tashrif dasturiga muvofiq, Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan”, – deyiladi xabarda.

Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi, hududlar o‘rtasidagi aloqalarni, madaniy-gumanitar va turizm almashinuvlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilmoqda.


Bu ham qiziq

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 29-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
18:00 / 28.04.2024
Qo‘qonda 11-sinf o‘quvchisi odam urib yubordi

Qo‘qonda 11-sinf o‘quvchisi odam urib yubordi

Qo‘qon shahrida 11-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib odam urib yuborganligi haqidagi xabar va unda keltirilgan holatlar yuza…
09:38 / 29.04.2024
Qaysi hududda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni ko‘proq?

Qaysi hududda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni ko‘proq?

2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, ularning soni 298 338 ta.
14:55 / 29.04.2024
Mirzo Ulug‘bekning ko‘rinishi haqidagi taxminlar

Mirzo Ulug‘bekning ko‘rinishi haqidagi taxminlar

U o‘z xulosasini AQSh olimlari kashf etgan yangicha ilmiy uslubga asoslangani bilan izohlaydi.
09:56 / 29.04.2024
G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

Yana bir OAV xodimi va uning o‘g‘li Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi.
17:37 / 30.04.2024
“Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi” – Shavkat Mirziyoyev

“Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi” – Shavkat Mirziyoyev

Prezident futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga tabrik yo‘lladi.
09:27 / 30.04.2024
Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 29-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib …
10:10 / 29.04.2024
Noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiq Atlantika okeanida cho‘kib ketdi

Noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiq Atlantika okeanida cho‘kib ketdi

Ular 110 kilometr uzoqlikda cho‘kib ketgan.
12:32 / 30.04.2024
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan harakatlanadi.
16:36 / 30.04.2024
Plastik idishlarni utilizatsiya qilmaydigan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Plastik idishlarni utilizatsiya qilmaydigan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Hisobot mualliflariga ko‘ra, joriy yilda dunyoda 220 million tonna yangi chiqindilar hosil bo‘ladi.
12:28 / 30.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!