$
12610.17 UZS
-9.84
135.24 UZS
-0.5
13526.93 UZS
4.59
26° Kechasi 12°

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

19:27 / 18.04.2024

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdilar.

O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti va xalqiga har doimgidek iliq va samimiy qabul uchun dildan minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar do‘stlik va ishonch muhitida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlarini yuksak baholadilar.

“Yana bir bor ta’kidlayman, Tojikiston O‘zbekiston uchun eng yaqin, ishonchli, asrlar bilan sinalgan strategik sherikdir. Birodar o‘zbek va tojik xalqlari ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari bilan chambarchas bog‘langan. Bizni umumiy tarix, madaniy va ma’naviy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlar birlashtirib turadi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qardosh xalqlarimizning tub manfaatlariga to‘liq mos bo‘lgan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi ushbu tashrifning chinakam tarixiy natijasi bo‘lgani qayd etildi:

- Bu qadam bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga qat’iy intilishimizni tasdiqladik. Ushbu muhim hujjat, hech mubolag‘asiz, ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy davrni anglatadi.

Savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi.

Keyingi yillarda bir necha o‘n karra ko‘paygan tovar ayirboshlash barqaror o‘sib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki mamlakat hukumatlari oldiga tovar ayirboshlashni, shu jumladan uchinchi mamlakatlardan importning o‘rinini faol to‘ldirish orqali 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Kuni kecha o‘tgan biznes forumida salmoqli shartnomalar va bitimlar to‘plami imzolangani ushbu maqsadga xizmat qiladi.

Shuningdek, “Oybek-Fotexobod” chegaraoldi erkin savdo zonasi va “Andarxon” savdo-logistika markazini tashkil etish ishlarini jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida sanoat kooperatsiyasida, eng avvalo, ikki mamlakat bir-birini to‘ldirib turgan an’anaviy tarmoqlarda yangi o‘sish nuqtalari belgilab olindi.

Mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, metallurgiya, qazib chiqarish, to‘qimachilik, farmasevtika, agrosanoat va boshqa ustuvor tarmoqlardagi qo‘shma loyihalar shular jumlasidan.

Bunday muhim loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasining salohiyatidan samarali foydalaniladi.

Suv-energetika sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Transchegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalanish sohasida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.

Hamkorlikning yana bir strategik yo‘nalishi – ikki mamlakat transport-tranzit salohiyatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish.

Yo‘lovchi va yuklar tashish hajmini oshirish, zamonaviy chegaraoldi va bojxona infratuzilmasini yaratish bo‘yicha qo‘shma choralar ko‘riladi.

Hududlararo hamkorlik salohiyatini faol ishga solish zarurligi qayd etildi.

Ko‘rgazmalar, teatrlarning ijodiy safarlari, yoshlar va ta’lim forumlarini muntazam o‘tkazish, sport dasturlarini amalga oshirish, turizm xizmatlarini kengaytirish orqali madaniy-gumanitar almashinuvni chuqurlashtirish masalalari muzokaralardan muhim o‘rin egalladi.

Tomonlar ushbu tarixiy tashrif, uning samarali natijalari va imzolangan muhim hujjatlar ikki mamlakatning jadal taraqqiyotiga xizmat qilishi, birodar O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarining umumiy farovonligini ta’minlashiga ishonch bildirdilar.


Bu ham qiziq

Maskning boyligi besh kun ichida 37,3 milliard dollarga oshdi

Maskning boyligi besh kun ichida 37,3 milliard dollarga oshdi

Amerikalik milliarderning Xitoyga tashrifi Tesla aksiyalarining o‘sishiga sabab bo‘lgan.
11:17 / 30.04.2024
G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

Yana bir OAV xodimi va uning o‘g‘li Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi.
17:37 / 30.04.2024
O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egallagan.
17:12 / 01.05.2024
Keksalar uchun piyoda yurish foydali

Keksalar uchun piyoda yurish foydali

Bunga, asosan kamharakatlik sabab bo‘lyapti.
10:20 / 01.05.2024
“Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi” – Shavkat Mirziyoyev

“Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi” – Shavkat Mirziyoyev

Prezident futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga tabrik yo‘lladi.
09:27 / 30.04.2024
Fransiyadagi Olimpiada paytida chiqindichilar ish tashlash bilan tahdid qilmoqda

Fransiyadagi Olimpiada paytida chiqindichilar ish tashlash bilan tahdid qilmoqda

Ish tashlashlar 14-16-may, 22-24-may va 1-iyuldan 8-sentyabrgacha bo‘lib o‘tishi mumkin.
12:49 / 01.05.2024
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan harakatlanadi.
16:36 / 30.04.2024
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Fuqarolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etilmoqda.
15:23 / 01.05.2024
Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keladi

Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keladi

Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
10:26 / 01.05.2024
Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Qayd etilishicha, u tutun va kul ustunini 19 kilometr balandlikka uloqtirgan.
14:02 / 30.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!