$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
20° Kechasi 14°

VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi

14:32 / 22.04.2024

21-aprel kuni Toshkent shahri 45 davlatdan 5 mingga yaqin havaskor yuguruvchi va professional sportchilarni VI BYD Toshkent xalqaro marafonida qabul qildi.

Marafon tashkilotchilari sifatida Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, hamda O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi yengil atletika Federatsiyasi Markaziy Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi bilan birgalikda sport tadbirining koordinatori sifatida oltinchi marotaba ishtirok etdi.

VI BYD Toshkent xalqaro marafoni dasturiga 4 ta masofa: 3 va 10 km ommaviy yugurish musobaqasi, yarim marafon va marafon masofasi kiritilgan.

Marafonning umumiy mukofot jamg‘armasi 720 mln so‘mni tashkil etdi. Bunda: marafon ishtirokchilari 1-o‘rin uchun — 60 mln so‘m, 2-o‘rin uchun — 40 mln so‘m, 3-o‘rin uchun — 30 mln so‘m, 4-o‘rin uchun — 20 mln so‘m, 5-o‘rin uchun — 16 mln so‘m, 6-o‘rin uchun — 10 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Yarim marafon ishtirokchilari: 1-o‘rin uchun — 35 mln so‘m, 2-o‘rin uchun — 25 mln so‘m, 3-o‘rin uchun — 20 mln so‘m, 4-o‘rin uchun — 16 mln so‘m, 5-o‘rin uchun — 12 mln so‘m, 6-o‘rin uchun — 8 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

10 km masofaga yugurish ishtirokchilari: 1-o‘rin uchun — 9 mln so‘m, 2-o‘rin uchun — 6 mln so‘m, 3-o‘rin uchun — 3 mln so‘m pul mukofoti bilan va 3 km masofaga yugurish musobaqasi g‘olib va sovrindorlari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Yarim marafonda eng yaxshi natija ko‘rsatgan Parij Olimpiya o‘yinlari lisenziati Shohruh Davlatov va marafonda eng yaxshi natija qayd etgan mahoratli sportchi Yekaterina Tunguskovalar BYD avtomashinalarini qo‘lga kiritdi.


Bu ham qiziq

Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Eslatib o‘tamiz, avvalgi rekord baliq 30,8 kilogrammni tashkil qilgan.
09:54 / 03.05.2024
3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 3-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
22:49 / 02.05.2024
Qirg‘iziston TIV o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda

Qirg‘iziston TIV o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda

Bu haqda kz.kursiv.media xabar berdi.
09:59 / 03.05.2024
Prezident Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniya rahbarlarini qabul qildi

Prezident Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniya rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchras…
17:23 / 03.05.2024
Termiz hayvonot bog‘ida hayvonlar uchun elektron pasport tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

Termiz hayvonot bog‘ida hayvonlar uchun elektron pasport tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

U yerda jami 488 bosh noyob hayvonlar saqlanmoqda.
14:08 / 02.05.2024
Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishi bo‘yicha sud yopiq tarzda o‘tkazilmoqda

Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishi bo‘yicha sud yopiq tarzda o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilmoqda.
17:11 / 02.05.2024
Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Video muallifi Oleg Artemyev bo‘lib chiqdi.
15:49 / 03.05.2024
Bayden noroziliklar uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi

Bayden noroziliklar uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi

Shu bilan birga, norozilik namoyishlari uning yaqin Sharq mintaqasiga nisbatan siyosatini o‘zgartirishga olib keldimi, degan…
09:28 / 03.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Uchrashuvda “Air Products”, “CNH Industrial” va “Silverleaf” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
16:12 / 03.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!