$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Afsonaviy Jon Jons UFC 249’dagi eng tezkor nokaut muallifini jangga chorladi

14:57 / 16.05.2020

UFC’ning yarim og‘ir vazn toifasidagi chempioni Jon Jons og‘ir vazn toifasi vakili Frensis Ngannuni jangga chorladi, deb yozmoqda Sportsnet nashri.

Ta’kidlanishicha, Frensis UFC 249 turniri doirasida o‘tkazilgan jangda Jairzinyo Rozenstraykni 20 soniyada nokautga uchratgach, Jon Jonsda u bilan jang qilish istagi paydo bo‘lgan.

“Nima deb o‘ylaysiz, qaysi biri tezlik va texnika borasida yaxshiroq – Tiago Santosmi yoki Frensis Ngannu? Agar siz Santos bilan jang qilishimni istasangiz, unda aqldan ozib qolibsiz. Yarim og‘ir vazn toifasida isbotlaydigan narsam qolmadi. Men Ngannuga qarshi jangda pul ishlamoqchiman. Shartnomani menga jo‘nating”, deb yozadi Jons o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Ngannu ham o‘z navbatida ushbu taklifni qabul qildi.
“Agar mening texnikamga dosh bera olaman, deb o‘ylasang, nima ham derdim. Ammo bir masalada fikringga qo‘shilaman, yarim og‘ir vaznda sen isbotlaydigan narsa qolmagan, shunday ekan bizning jang katta pul uchun bo‘ladi”, deya javob bergan sportchi.

Ma’lumot o‘rnida, Jon Jons yarim og‘ir vazn toifasida ikki karra jahon chempioni hamda UFC’ning umumiy reytingi yetakchisi hisoblanadi.

Ngannu esa mutlaq og‘ir vazn toifasi reytingida Stipe Miochich va Deniyel Kormyedan keyingi o‘rinda turadi.


Bu ham qiziq

Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Qayd etilishicha, 2000-yildan beri Armanistonda shunga o‘xshash tadbirlar har yili o‘tkaziladi.
12:55 / 24.04.2024
Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Faollar “uysizlikni jinoyat deb hisoblash” konstitutsiyaga zid deb umid qilmoqda.
15:44 / 24.04.2024
O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024
Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Buxoroda 5 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi

Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.
16:58 / 24.04.2024
Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Bu haqda Reuters xabar berdi.
15:01 / 25.04.2024
Xitoyda ertalabdan o‘zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

Xitoyda ertalabdan o‘zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

Rahbariyat bu ta’tilni rad eta olmaydi. Rad etish qonunbuzarlikdir.
09:15 / 25.04.2024
1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam berilishi, yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar f…
17:03 / 25.04.2024
Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024
Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 24-aprel kuni AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi del…
10:21 / 25.04.2024
Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ular tez-tez janjallashib turgan.
17:53 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!