$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
21° Kechasi

“Narxoz” rektori pora bilan qo‘lga tushgani rostmi?

21:27 / 05.11.2019

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati Xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, Toshkent davlat iqtodiyot universiteti rektori lavozimini Kongratboy Avezimbetovich Sharipov egallagan.

Bahodir Xodiyev Toshkent davlat iqtodiyot universiteti rektori lavozimidan ozod etilgan

Bugun – 5-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda – mahalliy blogerlarning telegram kanallari va ayrim internet nashrlarida “Narxoz” (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) rektori Bahodir Xodiyev korrupsiya tufayli lavozimidan ozod etilganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, prezident maslahatchilari Sherzod Kudbiyev va Abdujabbor Abduvohidov hamda DXX va prokuratura organlari vakillari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Bahodir Xodiyev Toshkent davlat iqtodiyot universiteti rektori lavozimidan ozod etilgan. 

“Narxoz”da katta tozalash ishlari olib boriladi

Xususan, Kun.uz internet nashri tarqatgan xabarda aytilishicha, “yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalari uyg‘onishi zarur ekanligi, bundan buyon qabul jarayonidan boshlab bitirish jarayoniga qadar ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosiy bo‘lishi, bunga qarshi chiqqanlarga esa qat’iy jazo ko‘rilishi, “Narxoz”da ham katta tozalash ishlari amalga oshirilishi ta’kidlangan.”

Yangi rektor universitetni rivojlantirishi kerak

Vazirlik vakilining aytishicha, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga Bahodir Xodiyevning o‘rniga kelgan Kongratboy Sharipov universitetni rivojlantirish uchun rektor etib tayinlangan.

Bahodir Xodiyev haqidagi xabarlar bo‘rttirilgan  

Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlarda “Korrupsiya urchigani tufayli “Narxoz” rektori ishdan olindi”, degan xabarlar bo‘rttirma axborot ekanligini aytdi.  

Ma’lumot uchun: Kongratboy Sharipov shu vaqtga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. U 2019-yilning mayida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. Kongratboy Sharipov 2017-2019-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori bo‘lgan. U shu vaqt davomida universitetni har tomonlama rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.

Bahodir Xodiyev esa 2016-yilning may oyidan buyon Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektorlik qilib kelayotgandi.


Bu ham qiziq

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024
Olmaota aeroportida Air Astana uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi

Olmaota aeroportida Air Astana uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi

U yo‘lovchi sifatida uchib ketmoqchi bo‘lgan.
11:59 / 26.04.2024
Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024
Xarizma nima?

Xarizma nima?

Xarizma 2023-yilda internet olamida eng ko‘p ishlatilgan termin hisoblanadi.
15:57 / 26.04.2024
Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024
Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Koreya banki 2040-yilgacha yiliga 0,1%ga pasayishni boshlashi haqida ogohlantirdi.
18:01 / 26.04.2024
Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Bu izlar "o‘rgimchak" deb nomlandi.
12:07 / 26.04.2024
O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024
iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

Mazkur chora joriy yilning 1-iyunidan kuchga kirishi mumkin.
15:53 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!