$
12662.01 UZS
21.8
137.65 UZS
0.63
13593.93 UZS
34.78
20° Kechasi 11°

Asr qotilligi. Jon Kennedi qanday o‘ldirilgan edi?

16:40 / 07.01.2024

O‘tgan asrning eng shov-shuvli va sirli qotilligi haqida qulog‘ingizga nimadir chalingani aniq. Va bu turli xil savollarni keltirib chiqaradi. Kim o‘ldirgan, nega otgan, mazkur suiqasd qachon ro‘y bergan? Gap AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi haqida ketyapti. Quyidagi maqolada shu va boshqa savollarga kengroq to‘xtalamiz.

Prezidentlik davri

1961-yilda AQShda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi va unda demokratlar partiyasidan bo‘lgan 42 yoshli Jon Kennedi siyosatchi Richard Nikson ustidan kichik ustunlik bilan g‘alaba qozonadi.


Shundan so‘ng, mamlakatda Kennedi nomi omma e’tiboriga tushadi. Uning prezidentlik davrida ichki siyosatda qator o‘zgarishlar ro‘y beradi. Fuqarolar huquqlari liberallashtiriladi. Kennedi davrinig asosiy voqealari sifatida SSSR bilan koinotni egallash poygasini boshlash, Berlin va Karib inqirozi hamda AQShdagi irqiy kamsitishlarni yo‘qotish uchun jiddiy qadamlar tashlash aytib o‘tiladi. Kennedining raqiblari uni AQShni yo‘q qiladigan “kommunist” deb atashadi ammo xalq mamlakat prezidentini qo‘llab-quvvatlaydi va uni 1963-yil martda 74 foiz ovoz bilan ikkinchi bor prezidentlikka saylaydi. 1963-yil 10-iyundagi ma’ruzasida Kennedi SSSR bilan munosabatlarni yaxshilash haqida gapirib, o‘zining mashhur nutqini so‘zlaydi: “Bizning umumiy jihatimiz shundaki, barchamiz shu sayyora aholisimiz. Bir havodan nafas olamiz. Farzandlarimiz kelajagi uchun yashaymiz. Va biz hammamiz bir kun kelib o‘lamiz”.

Texasga tashrif

1963-yil 21-noyabr. Jon Kennedi uchgan samolyotning bortida yana ikki muhim shaxs bor edi. Ulardan biri o‘zining rafiqasi Jaklin Kennedi, ikkinchisi vitse-prezident Lindon Jonson edi. Kennedining Dallasga borishidan qator maqsadlari bor edi. Jumladan: demokratlarning prezidentlik kompaniyasi uchun ko‘proq mablag‘ ajratish va 1964-yilgi saylovga harakat boshlash va o‘tgan saylovlarda kam ovoz to‘plagan texasliklar bilan gaplashish hamda u yerdagi o‘ziga qarshi bo‘lgan bir qator demokratlar bilan oradagi kelishmovchilikni yo‘qotish edi.



Ko‘pchilik Texasda Kennediga qarshi kayfiyat kuchayganini ta’kidlaydi lekin xalq Fort-Uertda uni iliq kutib oladi.

Suiqasd

22-noyabr kuni ertalab prezident va uning rafiqasi Fort-Uertdan Dallasning Lav Fild aeroportiga qisqa parvoz qiladi. U yerda ularni Texas gubernatori Jon Konnalli va uning ayoli Nelli Konnalli qarshi oladi. Ular prezident va gubernator oilasi uchun maxsus keltirilgan Lincoln Continental kabriolet limuzinida navbatdagi aholi bilan uchrashish joyi Dallasga yo‘l oladi. Yo‘l chetida prezident kortejini ko‘plab odamlar olqishlab qarshi oladi. Kabrioletning orqa o‘rindig‘ida Jon Kennedi va rafiqasi, o‘rta o‘rindiqda esa gubernator va uning rafiqasi joylashgan edi. Ular ko‘p qavatli uylar yonidan o‘tar ekan kabrioletdagi Kennedi olomonga jilmayib qo‘l silkitar edi.

Kortej Meyn-stritdan o‘tib Xyuston ko‘chasiga, so‘ng Elm ko‘chasiga buriladi. Soat 12:30 da atrofdagi kutubxona tomondan o‘q ovozi eshitiladi. Birinchi o‘q Kennedining orqa tomonidan tegib, bo‘ynidan teshib o‘tadi va old tomondagi gubernatorni ham yaralaydi. Shu zahoti prezidentni qo‘riqlab kelayotgan maxfiy xizmat agenti Klinton Xill Kennedi o‘tirgan mashina tomon yuguradi. Bu orada ikkinchi o‘q uziladi va bu prezidentning boshi uchun atalgan edi.


Klinton Xill tezda Kennedini tanasi bilan tusadi va kabriolet kasalxonaga jo‘nab ketadi. Mashina kasalxonaga yetib borganida Kennedi tirik edi. Lekin shifokorlarning urinishiga qaramay soat 13:00 da mamlakat prezidenti, demokratlardan chiqqan xalq qahramoni vafot etadi.

Gumondor kim edi?

Jon Kennedini kasalxonaga olib ketishgandan keyin politsiya xodimlari atrofdagi binolarni ko‘zdan kechira boshlaydi. Va qotillikka birinchi nomzod sifatida sobiq AQSh dengiz piyoda askari, bir necha yil SSSRda yashagan va kitob omborida bir oydan beri ishlab kelayotgan Li Harvi Osvald ko‘riladi. Binoning oltinchi qavatidan o‘q gilzalari topiladi va shu atrofda miltiq va o‘qlar ham borligi aniqlanib, qurol Osvaldga tegishliligi aniqlanadi. Shundan so‘ng, Osvaldga qidiruv e’lon qilinadi. Uni yo‘lda ko‘rib qolgan politisya xodimi uni tutishga harakat qiladi, lekin Osvald uni ham otib o‘ldiradi. Soat 13:50 da Li Harvi Osvald qo‘lga olinadi.


U bilan qisqagina o‘tgan savol-javobda Osvald unga qo‘yilgan aybni tan olmaydi. 24-noyabr kuni Osvaldni Dallasdan okrug qamoqxonasiga ko‘chirish paytida shu yerlik tungi klublar egasi Jek Rubi olomon orasidan chiqib unga o‘q uzadi. Shu tariqa ikki kun oldin Kennedi jon bergan shifoxonada yagona gumondor ham “o‘ldiriladi”.


So‘roqlar paytida esa Rubi bu ishni Kennedi uchun qilganini aytadi. Sud uni umrbodga ozodlikdan mahrum qiladi. Jon Kennedi vafot etgan kuni zudlik bilan Vashingtonga qaytgan vitse-prezident Lindon Jonson samolyotning o‘zidayoq AQSh harbiy-havo kuchlari oldida prezidentlik qasamyodini qabul qilgan edi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, Osvald AQSh sotsialistik partiyasi safiga 16 yoshda kirgan, rus tilini o‘rgangan va bir necha yil SSSRda yashagan.

U SSSRda 1959-1962-yillarda yashab AQSh fuqarosi sifatida har doim kuzatuvda bo‘lgan. Shu paytda KGB xodimlari u bilan bir necha marta suhbatlashishadi. Buni Osvald SSSRda bo‘lganida u bilan uchrashgan va keyinchalik AQShga qochib ketgan KGB xodimi Yuriy Nosenko tasdiqlagan.

Юрий Носенко. Источник: Pinterest
Nosenkoning ma’lum qilishicha, 1962-yil AQShga qaytgan va Dallas shahriga qo‘ngan Osvald KGB josuslari bilan aloqada bo‘lib yurgan. U AQShdagi KGB josusi bilan so‘nggi marta Kennedini o‘ldirishidan ikki oy avval muloqotda bo‘lgani aniqlanadi.

1964-yilda Nosenko AQShga qochib borganida MRB va FQB Kennedining o‘ldirilishi bo‘yicha tergovni davom ettirayotgandi. Shu sababli uni ham MRBda so‘roq qilishadi. Nosenkodan Kennedining o‘ldirilishida KGBning roli bo‘lganmi-yo‘qmi shu haqda so‘rashadi. “Osvaldga Kennedini o‘ldirish KGB tomonidan buyurilmagan. Unda ruhiy muammolar bo‘lgani uchun KGB Osvaldga ishonmagan va u bilan hamkorlik qilishni rad etgan” – degan Nosenko.

Biroq Nosenkoning ma’lumotlari AQShga qochib ketgan yana bir KGB josusi Anatoliy Golitsin bergan ma’lumotlardan biroz farq qilar edi.


Gap shundaki, Osvald Kuba hukmdori Fidel Kastroning muxlisi bo‘lgan. Sobiq dengiz piyoda askari 1962-yil iyun oyida yosh rafiqasi bilan SSSRdan AQShga qaytib, Dallasga joylashadi. Bu yerda u mahalliy sotsialistlar va Kuba hukmdori Fidel Kastroning muxlislari safiga qo‘shiladi.

MRB ma’lumotlariga ko‘ra, Kennediga suiqasddan ikki oy oldin Osvald hatto Meksikaga borgan va u yerda SSSR va Kuba elchixonalariga tashrif buyurgan.

“Uorren komissiyasi”

AQShda ko‘pchilik Kennedining o‘limida SSSR va Kubaning qo‘li borligini taxmin qiladi. Bunga asosiy sabab Osvaldning Moskvada yashagani va qotillikdan biroz oldin AQShga ko‘chib kelgani edi. Qotillikni aniqlash uchun yangi prezident Lindon Jonson tomonidan komissiya tuziladi. Mazkur komissiyaga Erl Uorren boshchilik qilgani sababli u “Uorren komissiyasi” nomin oladi.


1964-yil 24-sentyabrda Uorren komissiyasi Lindon Jonsonga qotillik hisobotini topshiradi. Oradan uch kun o‘tib, hisobot ommaga taqdim etiladi. Unda aytilishicha, Kennedining qotili Osvald va u yolg‘iz o‘zi harakat qilgan. Shuningdek, Osvaldni otib o‘ldirgan Rubi ham yolg‘iz ishlagan. Mazkur “cho‘pchakka” AQSh xalqi ham dunyo OAVlari ham umuman ishonmaydi. Ularda mazkur qotillikni rejalashtirishda qator gumondorlar bor edi. Birinchisi, Kennedi bilan munosabatlari yomon bo‘lgan Amerika monopolistlari, ikkinchisi Lav Fild aeroportida Kennedini quchoq ochib kutib olgan Texas gubernatori Konnalli va hatto prezidentlik saylovida partiya yetakchiligini Kennediga boy bergan vitse-prezident Lindon Jonson ham gumondorlar qatorida edi.


Hodisa sodir bo‘lganiga 60 yildan oshdi, biroq o‘tgan yillar oralig‘ida AQShda Kennedi o‘ldirilishini tergov qilish masalasiga tez-tez qaytib turishdi.

Shu paytgacha o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijalariga ko‘ra, AQSh aholisining 70 foizi qotillikning rasmiy hisobotiga ishonmaydi. Shu tariqa Jon Kennedi AQSh tarixidagi eng sirli qotillik qurboni bo‘ladi.


Tayyorladi: Ilyos Boltayev


O‘zbekiston


														
														29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 29-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
18:00 / 28.04.2024

														
														O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni qancha?

O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni qancha?

Aholi soni 37 millionga yetgan bo‘lib, shundan ayollar soni – 18,4 millionni, erkaklar soni – 18,6 millionni tashkil etadi.
10:48 / 28.04.2024

														
														O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam maosh oluvchi kasblar statistikasi e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam maosh oluvchi kasblar statistikasi e’lon qilindi

Joriy yilning yanvar-mart oylarida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 4,9 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga n…
10:07 / 28.04.2024

														
														28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 28-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
22:37 / 27.04.2024

														
														3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 360,6 ming tonna av…
22:13 / 27.04.2024

														
														O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

Ular 3 ming AQSh dollari miqdorida oylik maosh to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
14:44 / 27.04.2024

														
														YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

2024-yil 25-aprelda Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Hukumatiga 6 million yevro (82 milliard so‘mga yaqin) mablag‘ ajr…
12:41 / 27.04.2024

														
														Surxondaryoda o‘rik pishdi

Surxondaryoda o‘rik pishdi

Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
10:09 / 27.04.2024

														
														O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:23 / 27.04.2024

														
														Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
09:17 / 27.04.2024

Bu ham qiziq

Tojikiston fuqarolarini shoshilinch ogohlantirdi

Tojikiston fuqarolarini shoshilinch ogohlantirdi

Tojikiston TIV o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda.
10:09 / 28.04.2024
3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 360,6 ming tonna av…
22:13 / 27.04.2024
Donald Tramp Jo Baydenni Nyu-York sudida debatga taklif qildi

Donald Tramp Jo Baydenni Nyu-York sudida debatga taklif qildi

Saylovoldi safari tufayli Bayden ham hozircha shaharda.
13:08 / 27.04.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiya qirg‘oqlarida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan 17:36 da Ogasavara orollari yaqinida qayd etilgan.
15:42 / 27.04.2024
Shvetsiyada yana Qur’on yoqildi

Shvetsiyada yana Qur’on yoqildi

Shvetsiyada politsiya himoyasida musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lgan Qur’on yoqib yuborildi. Bu haqda Turkiyaning Haber …
17:16 / 28.04.2024
Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi

Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi

Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
15:10 / 28.04.2024
Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlar

Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlar

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.
14:48 / 28.04.2024
YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

2024-yil 25-aprelda Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Hukumatiga 6 million yevro (82 milliard so‘mga yaqin) mablag‘ ajr…
12:41 / 27.04.2024
“Titanik”dagi jasaddan topilgan soat auksionda sotildi

“Titanik”dagi jasaddan topilgan soat auksionda sotildi

Qayd etilishicha, bu “Titanik” esdalik buyumlari sotuvidan tushgan eng katta summadir.
09:59 / 28.04.2024
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi haqida

Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi haqida

Malika Amira 1983-yilning 15-noyabr sanasida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tug‘ilgan.
13:01 / 27.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!