$
12662.01 UZS
21.8
137.65 UZS
0.63
13593.93 UZS
34.78
20° Kechasi 11°

Karimovning hayot yo‘li…

12:52 / 30.01.2024

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston Mustaqilligining asoschisi, davlat va siyosatda katta shaxslardan biri bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun. Karimovning bolaligi, o‘smirlik davri va prezidentlikkacha bo‘lgan hayoti qanday kechgan edi. Quyidagi maqolada shu haqida gaplashamiz.

Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topadi.


Bolaligi urush va urushdan keyingi yillarga to‘g‘ri keladi. Islom Karimov 1945-yilda Samarqanddagi A.S.Pushkin nomidagi 21-maktabga o‘qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomlaydi. O‘quvchilik yillari mobaynida ko‘p adabiyotlarni, ayniqsa, tarix bo‘yicha adabiyotlarni o‘qiydi. U aniq fanlarni yoqtirardi, shaxmatga, modellashtirish va stol tennisiga qiziqardi.

1955-yilda Islom Abdug‘aniyevich O‘rta Osiyo politexnika institutiga o‘qishga kiradi. 1960-yilda uni tamomlaydi va “muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olib, “Toshselmash” zavodida o‘z mehnat faoliyatini boshlaydi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi lavozimlarda ishlashga ulguradi. U bilimdonligi va tashkiliy fazilatlari tufayli 1961-yilda sobiq Sovet Ittifoqining harbiy-sanoat majmuasining yirik korxonalaridan birida - Toshkent aviatsiya zavodida muhandis lavozimiga tayinlandi. Bu yerda u 1966-yilgacha ishlab, yetakchi muhandis-konstruktor lavozimigacha ko‘tarildi. Shundan so‘ng, 1967-yilda u Toshkent xalq xo‘jaligi institutining kechki bo‘limini tamomlaydi.


1973-yilga kelib esa Toshkent xalq xo‘jaligi institutida “O‘zbekiston SSR sanoatining tarmoq tuzilishi va uni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Keyin 1975-yilda Moskvada nufuzli Xalq xo‘jaligi boshqaruvi institutida iqtisodiy-matematik usullar va hisoblash texnikasini qo‘llagan holda ishlab chiqarish va rejalashtirishni boshqarish, tashkil qilish zamonaviy usullari sohasi bo‘yicha tahsil oladi. 1983-yilda Moliya vaziri, 1986-yilda Ministrlar Kengashi raisining o‘rinbosari – O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘ladi.

O‘zSSR Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich vaziyatni chuqur o‘rganganidan keyin respublika iqtisodiy talofat oldida turganini anglaydi. U vaziyatni tushungan va uni yaxshi tomonga o‘zgartishni xohlagan holda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasiga “O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishi muammolari va istiqbollari haqida”gi ma’lumotnoma tayyorlaydi.


U jiddiy va aniq choralar ko‘rilishiga umid qilgandi. Lekin vujudga kelgan vaziyat rahbariyatning shu darajada g‘azabiga sabab bo‘ldiki, uning Toshkentda bundan buyon qolishga imkoni yo‘q edi. Karimovdan qutulish istagi shunchalik kuchli ediki, shu tufayli partiya tomonidan viloyat partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimiga tayinlashning belgilangan tartibi buziladi. Shunday qilib, u Siyosiy byuro yig‘ilishida Qashqadaryo viloyati partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimiga sirtdan tayinlanadi. Amalda bu uning markazdan uzoqroqqa “surgun qilinishi” edi. Islom Abdug‘aniyevich juda murakkab viloyatga yuborilgan edi. Butun O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat oson emasdi, Qashqadaryo viloyatida esa vaziyat ancha murakkablashgan edi, chunki avvalgi viloyat rahbariyati xalqning ko‘z o‘ngida o‘zi obro‘sini tushirgan, u yerda partiya rahbarlariga nisbatan ishonch umuman yo‘q edi. U Qashqadaryoda qariyb uch yil ishlaydi. Uning bosh maqsadi xalqning ishonchini qozonish, hokimiyatga nisbatan munosabatni o‘zgartirish, viloyatda ishlarning ahvolini yaxshilashdan iborat edi. Va u buni uddalaydi. Qariyb 300 km yo‘llar, bozorlar, ijtimoiy-madaniy obyektlar qurdiradi.


Bu vaqt oralig‘ida Vatan oldidagi xizmatlari “Mehnat Qizil Bayroq” (1981) va “Xalqlar do‘stligi” (1988) ordenlari bilan taqdirlanadi. 1989-yil 23-iyun kuni Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylanadi va o‘sha vaqtda fojiali voqealar ro‘y bergan pallada O‘zbekiston boshqaruvini o‘z zimmasiga oladi.Keyinchalik Islom Abdug‘aniyevich o‘sha voqealarni shunday eslaydi: “Sovet kommunistik tizimi hali-hamon hukmron bo‘lgan 1989-yilni eslaylik. Mayning oxiri – iyun oyining boshida “Farg‘ona voqealari” deb nom olgan mudhish voqealar yuz berdi. Ular butun sobiq Ittifoqni hayratga soldi va nafaqat O‘zbekistondagi, balki butun O‘rta Osiyodagi vaziyatni portlatib yuborishi mumkin edi”.

1989-yil 24-iyunda Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanadi. 1989-yilning oktyabrida juda uzoq vaqt mobaynida ikkinchi darajali o‘rinlarda bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani Islom Karimovning dadil siyosiy qadamlaridan biri edi.Karimov 1990-yil mart oyida M.S.Gorbachyev va uning atrofidagilarni hayron qoldirib, O‘zbekiston ittifoqdosh respublikalardan birinchi bo‘lib Respublika Prezidenti lavozimini joriy qiladi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Sovetning sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti etib saylanadi.

1990-yil 21-iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimovning tashabbusi bilan “Mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiya” qabul qilinadi. Bu mustaqillik kurash borasidagi jasur va hal qiluvchi qadamlardan bo‘lib, ular ko‘p millionli xalqimiz Moskva markazidan aytilgan kommunistik mafkuraning bosimi ostida boshqa yashashni istamasligining tasdig‘i edi.

1991-yil 31-avgustda 12-chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi. O‘sha kunning o‘zida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekadi.


1992-yil 2-mart kuni O‘zbekiston xalqaro huquqning to‘lqonli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilinadi. Bu respublikaning rivojlanishida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab beradi, shuningdek, faol xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik uchun imkoniyat yaratiladi.

Bundan tashqari, I.A.Karimovning 1992-yilning iyulida Xelsinkida o‘tkazilgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Kengashda ishtirok etgani O‘zbekistonning xalqaro obro‘si e’tirof etilgani hisoblanadi. U YeXHTning yig‘ilishida raislik qilib, “O‘zgarishlar vaqtiga tahdid” deb nomlangan yakuniy hujjatini muhokama qiladi. I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyalarida va boshqa xalqaro tashkilotlarda bir necha marotaba so‘zga chiqib, o‘zining gohida kutilmagan, balki dolzarb xalqaro muammolarning yechimi bo‘yicha hamisha to‘g‘ri, o‘z yondashuvni taklif etadi.

Islom Abdug‘aniyevich Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani yaratish bo‘yicha tashabbusni ilgari surgan va bu borada izchil harakatlar qilgan. Ushbu zonaning yakuniy shakllanishi AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya – yadro davlatlari “beshligi” tomonidan imzolangan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risidagi shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi bayonnomada mustahkamlab qo‘yiladi.


Mustaqillik yillarida mamlakatda onalar va bolalar o‘limi uch baravardan ortiq qisqaradi. Kishilarning turmush sifati va salomatligi yaxshilanib, erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rishi 66 yoshdan 73,5 yoshga, ayollarniki esa 76 yoshga yetadi. Iqtisodiyot, fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Islom Abdug‘aniyevich xorijiy davlatlardagi bir qator universitetlarning faxriy doktori va akademigi etib saylanadi.

I.A.Karimov muqobillik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, umumiy, yashirin ovoz berish yo‘li bilan bir necha marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanadi va har safar saylovchilarning mutlaq ko‘pchilik ovozini oladi. Bu 2000-yil 9-yanvar, 2007-yil 23-dekabr, 2015-yil 29-mart kunlari kuzatildi.

Karimov o‘z tashabbusi bilan Bolalar sportini rivojlantirish fondi tuzib, uning homiylik kengashini boshqaradi. Fond tufayli O‘zbekiston bo‘ylab millionlab bolalar o‘zlari yoqtirgan sport turlari bilan zamonaviy zallar va stadionlarda shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ladilar. O‘zbekistonda sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommalashtirishdagi xizmatlari uchun Islom Karimov xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ladi va bir qancha yuksak sport mukofotlari bilan taqdirlanadi. Uning uch nafar farzandi va olti nafar nabirasi bo‘lgan.

Uning rafiqasi – Tatyana Akbarovna uning haqiqiy do‘sti, yordamchisi, fikrdoshi edi, Islom Abdug‘aniyevich bilan 47 yil birga yashab, u bilan hayotning barcha zahmatlarini baham ko‘radi.


O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, mamlakat rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan va jahon siyosatida ham katta shaxs bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016-yil 2-sentyabr kuni soat 20:55 da Toshkentda miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etadi.


2016-yil 3-sentyabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti o‘zining kichik vatani – Samarqand shahrining qadimiy Hazrati Hizr masjidida dafn etiladi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1989-yildan 2016-yilga qadar mamlakatni boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi va millat yetakchisi edi.


Tayyorladi: Ilyos Boltayev


O‘zbekiston


														
														29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 29-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
18:00 / 28.04.2024

														
														O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni qancha?

O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni qancha?

Aholi soni 37 millionga yetgan bo‘lib, shundan ayollar soni – 18,4 millionni, erkaklar soni – 18,6 millionni tashkil etadi.
10:48 / 28.04.2024

														
														O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam maosh oluvchi kasblar statistikasi e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam maosh oluvchi kasblar statistikasi e’lon qilindi

Joriy yilning yanvar-mart oylarida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 4,9 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga n…
10:07 / 28.04.2024

														
														28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 28-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
22:37 / 27.04.2024

														
														3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 360,6 ming tonna av…
22:13 / 27.04.2024

														
														O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

Ular 3 ming AQSh dollari miqdorida oylik maosh to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
14:44 / 27.04.2024

														
														YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

2024-yil 25-aprelda Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Hukumatiga 6 million yevro (82 milliard so‘mga yaqin) mablag‘ ajr…
12:41 / 27.04.2024

														
														Surxondaryoda o‘rik pishdi

Surxondaryoda o‘rik pishdi

Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
10:09 / 27.04.2024

														
														O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:23 / 27.04.2024

														
														Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
09:17 / 27.04.2024

Bu ham qiziq

Crocus’dagi terakt bo‘yicha yana bir tojikistonlik ushlandi

Crocus’dagi terakt bo‘yicha yana bir tojikistonlik ushlandi

Rossiya Xavfsizlik kuchlari Crocus City Hall’dagi terakt ishiga aloqador yana bir shaxsni – Tojikiston fuqarosi Jumaxon Begi…
09:36 / 27.04.2024
Ukrainada qimor o‘yinlari bo‘lgan 2,5 mingdan ortiq saytlar bloklandi

Ukrainada qimor o‘yinlari bo‘lgan 2,5 mingdan ortiq saytlar bloklandi

Ukrainada qimor o‘yinlariga kirishni ta’minlaydigan 2,5 mingdan ortiq saytlar bloklandi, deya xabar berdi mamlakat bosh prok…
17:54 / 28.04.2024
Sun’iy olmoslar nima uchun yaratilmoqda?

Sun’iy olmoslar nima uchun yaratilmoqda?

U turli xil sanoat jarayonlarida ishlatiladi.
14:54 / 28.04.2024
Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi

Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi

Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
15:10 / 28.04.2024
Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlar

Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlar

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.
14:48 / 28.04.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiya qirg‘oqlarida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan 17:36 da Ogasavara orollari yaqinida qayd etilgan.
15:42 / 27.04.2024
Shvetsiyada yana Qur’on yoqildi

Shvetsiyada yana Qur’on yoqildi

Shvetsiyada politsiya himoyasida musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lgan Qur’on yoqib yuborildi. Bu haqda Turkiyaning Haber …
17:16 / 28.04.2024
Donald Tramp Jo Baydenni Nyu-York sudida debatga taklif qildi

Donald Tramp Jo Baydenni Nyu-York sudida debatga taklif qildi

Saylovoldi safari tufayli Bayden ham hozircha shaharda.
13:08 / 27.04.2024
3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 360,6 ming tonna av…
22:13 / 27.04.2024
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi haqida

Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi haqida

Malika Amira 1983-yilning 15-noyabr sanasida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tug‘ilgan.
13:01 / 27.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!