$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

“Eng zo‘r shikoyatchi” Ginnesga kiritmasliklari uchun nashriyot ustidan ham sudga shikoyat yozganini bilasizmi? – ajabtovur sud ishlari

11:11 / 25.05.2022

Sud – insonlarning huquq va manfaatlariga taʼsir ko‘rsatuvchi, qaysidir maʼnoda ularning taqdirini belgilab beruvchi tashkilot hisoblanadi.

Sudlar hozirgi shakliga yetib kelguncha turli ko‘rinishlarni va bosqichlarni bosib o‘tgan. Har bir davlat o‘ziga xos sudlov tizimiga ega bo‘lib, baʼzi davlatlarda sudlov vakolati yakka hukmdorda bo‘lgan bo‘lsa, baʼzi davlatlarda sudlar alohida tuzilma sifatida faoliyat yuritgan.

Bugun biz sudlarga aloqador tarixda sodir bo‘lgan baʼzi qiziq voqealar va odatlar haqida maʼlumot beramiz.

Rekordchi arizachi

Amerikalik Jonatan Li Riches 2006-yildan buyon tuman sudlariga turli asoslar bo‘yicha 2600 dan ortiq daʼvo arizasi bergan. Uning ayblanuvchilari orasida Jorj Bush, Stiv Jobs va Britni Spirs kabi ko‘plab nufuzli odamlar bor. Daʼvolarning katta qismi esa Platon, Gitler va Che Gevara kabi o‘liklarga, shuningdek jonsiz narsalarga, jumladan Grail va Eyfel minorasiga qarshi qaratilgan. Ginnesning rekordlar kitobi Richesni eng katta daʼvolar bo‘yicha rekordchi deb eʼlon qilganidan so‘ng, u 2009-yil may oyida 2010-yilgi nashrida o‘z ismini eslatib o‘tmaslik uchun Kitobni sudga bergan.

Nasib qilmagan meros

Angliyalik Uilyam Jennens o‘z davrining eng boy moliyachilardan biri hisoblangan. U bilan bog‘liq noodatiy voqea tarix kitoblarida qayd etib qoldirilgan.

Hammasi uning o‘limidan so‘ng boshlangan. Jennens 1798-yilda vafot etganidan so‘ng, uning boyligi 2 mln. funt sterlingga baholangan. Ammo u vasiyatnoma yozib qoldirishni unutgan edi. Zamondoshlarining fikriga ko‘ra, Jennens tegishli hujjatni rasmiylashtirish uchun advokat huzuriga borgan, biroq ko‘zoynagini unutib qoldirganligi sababli maqsadiga erisha olmagan. Boshqa safar vasiyatnoma yozish uchun esa Jennensda imkon bo‘lmagan.

Shundan so‘ng, meros taqsimlanishi masalasida nizolar avj olib, bu Jennens vafotidan so‘ng 117 yilga cho‘zilgan (boshqa manbalarga ko‘ra 130 yil). Oxir-oqibat nizo merosning to‘liqligicha advokatlarga xizmat haqi to‘lash uchun sarflanishi bilan yakunlangan.

Ushbu voqea Charlz Dikkensga o‘zining “Qorong‘u uy” romanidagi “Jarindislar Jarindislarga qarshi” sud jarayoni g‘oyasini bergan.

Er-xotin dueli

O‘rta asrlarda Yevropada, ayniqsa german xalqlari o‘rtasida, nizolar ko‘pincha sud dueli bilan hal qilingan. Unda kim g‘alaba qozonsa, u haq deb eʼlon qilingan. Bunday duellarning o‘ziga xos turi turmush o‘rtoqlar o‘rtasidagi duel bo‘lib, ular oilaviy muammolarni hal qilishgan. Ularda imkoniyatlarni tenglashtirish maqsadida erkaklar uchun cheklovlar o‘rnatilgan. Masalan, qoidalardan biriga ko‘ra, duel paytida er sayoz chuqurda bo‘lgan va yog‘och tayoq bilan kurashgan, xotini esa tosh bilan qurollanishi mumkin bo‘lgan.

Keyinchalik bunday sud duellari bekor qilingan.

Huquqshunos,

F.Bozorqulov


Boshqalar


														
														Microsoft kapitalizatsiyasi ilk marta 3 trillion dollardan oshdi

Microsoft kapitalizatsiyasi ilk marta 3 trillion dollardan oshdi

Ushbu darajaga Apple ham erishgan edi.
11:37 / 25.01.2024

														
														“Toyota” mashina ishlab chiqarishni kamaytiradi

“Toyota” mashina ishlab chiqarishni kamaytiradi

Uning avgust oyidagi ishlab chiqarish rejasi 150 000 ta mashinaga qisqartirildi.
21:17 / 23.07.2022

														
														“Netflix” va “Microsoft” arzon reklama ustida birgalikda ishlashadi

“Netflix” va “Microsoft” arzon reklama ustida birgalikda ishlashadi

“Netflix” “Microsoft” bilan hamkorlikda mijozlarga reklamali arzon obuna rejasini taklif qildi.
18:10 / 14.07.2022

														
														Toshkentning 8 ta tumanida issiq suv taʼminoti qisman to‘xtatiladi

Toshkentning 8 ta tumanida issiq suv taʼminoti qisman to‘xtatiladi

Poytaxt hokimligi issiq suv taʼminoti to‘xtatiladigan hududlar ro‘yxatini eʼlon qildi.
17:57 / 20.06.2022

														
														50 dan ziyod xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan “Zulfiyachi” qizdan tengdoshlariga tavsiyalar

50 dan ziyod xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan “Zulfiyachi” qizdan tengdoshlariga tavsiyalar

Bugungi qahramonimiz Xalqaro tanlovlar g‘olibasi hamda Zulfiya mukofoti sohibasidir.
21:03 / 15.06.2022

														
														O‘zbekistonda elektron skuterlar (elektrosamokat)dan foydalanish tartibi qanday?

O‘zbekistonda elektron skuterlar (elektrosamokat)dan foydalanish tartibi qanday?

Elektron skuterlardan foydalanishda qanday qoidalarga yoki tartibga rioya qilish kerak? Milliy qonunchiligimiz bu haqda aniq…
16:07 / 26.05.2022

														
														Prezident maqtagan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi imi-jimida tugatib yuborildi

Prezident maqtagan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi imi-jimida tugatib yuborildi

Bundan ikki yilcha muqaddam aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi…
15:15 / 26.05.2022

														
														“Eng zo‘r shikoyatchi” Ginnesga kiritmasliklari uchun nashriyot ustidan ham sudga shikoyat yozganini bilasizmi? – ajabtovur sud ishlari

“Eng zo‘r shikoyatchi” Ginnesga kiritmasliklari uchun nashriyot ustidan ham sudga shikoyat yozganini bilasizmi? – ajabtovur sud ishlari

Bugun biz sudlarga aloqador tarixda sodir bo‘lgan ba’zi qiziq voqealar va odatlar haqida ma’lumot beramiz.
11:11 / 25.05.2022

														
														Namanganda YPX xodimi haydovchiga “shantaj” uyushtirishga urindi

Namanganda YPX xodimi haydovchiga “shantaj” uyushtirishga urindi

Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.
16:16 / 20.05.2022

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024
Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024
Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.
11:38 / 19.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024
19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024
Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Bu haqda, Statistika agentligi ma'lumot berdi.
10:15 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!