$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

O‘zbekistonda elektron skuterlar (elektrosamokat)dan foydalanish tartibi qanday?

16:07 / 26.05.2022

Bugungi kunda mamlakat bo‘ylab, xususan, Toshkent shahrida elektron skuterlardan foydalanuvchilar sezilarli darajada oshib bormoqda. Elektron skuterlardan foydalanishga, asosan yoshlarning qiziqishi yuqoriligi va ushbu toifadagi shaxslarning qiziqqonligi yo‘llarimizda turli salbiy holatlar keltirib chiqarishini istisno qilmaydi. Shu sababli, elektron skuterlardan foydalanishni tartibga solish juda muhim ahamiyatga ega.

Shu o‘rinda, tabiiy savol tug‘iladi: elektron skuterlardan foydalanishda qanday qoidalarga yoki tartibga rioya qilish kerak? Milliy qonunchiligimiz bu haqda aniq normalarga egami?

Milliy qonunchilik hujjatlarimizga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, elektron skuterlardan foydalanish tartibi, jumladan, foydalanuvchi yoshi, harakatlanish tartibi va boshqa qoidalar belgilanmagan.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarida elektron skuterlar (elektronsamokatlar) deganda nima tushunilishi, uni tartibga solish bo‘yicha qoidalar mavjud emas.

Xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilib, o‘rganilganda, jumladan Germaniya, Italiya, Ispaniya, Estoniya, Avstriya, Belgiya, Daniya, Polsha, Singapur, Fransiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Bolgariya, Kipr, AQSh (Kaliforniya, Nyu York, Florida), Angliya, Irlandiya, Malayziya, Kolumbiya, Ruminiya kabi davlatlar elektron skuterlarni tartibga soluvchi qoidalar normativ-huquqiy hujjatlarda (ularning alohida boblarida) huquqiy jihatdan tartibga solinganligini ko‘rsatdi.

Masalan, Italiyada elektron skuterlar yo‘llarda soatiga 20 km, piyodalar o‘tish joylarida soatiga 6 km tezlikdan oshmagan holda boshqarilishi kerakligi belgilangan.

Daniyada 2022-yil 1-yanvardan boshlab elektron skuterlardan foydalanganda kaskadan foydalanish majburiy etib belgilangan.

Singapur, Janubiy Koreya, Florida (AQSh) hamda Kiprda 16 yoshdam kichik yoshdagi bolalarga elektron skuterlardan foydalanish taqiqlangan.

Bolgariya hamda Singapurda elektron skuterlardan qorong‘i vaqtda yoki yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitlarda foydalanilganda foydalanuvchilar yorug‘likni qaytaruvchi elementlarga ega kiyim kiyishi shartligi belgilangan.

Germaniyada elektron skuterlar foydalanuvchisi uni boshqarayotganda boshqaruv rulidan qo‘llarini uzib haydamasligi, shuningdek harakatlanayotgan boshqa transport vositalarini ushlab harakatlanmasligi kabi qoidalar belgilangan.

Shu o‘rinda, elektron skuterlar bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari statistikasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Janubiy Koreyada 2018-yilda 225 ta baxtsiz hodisa shu jumladan, 4 ta o‘lim holati ro‘y bergan, 2020-yilda esa 897 ta, shundan 10 ta o‘lim holati kuzatilgan.

Belgiyada 2021-yilda Vias institutining yillik Yo‘l harakati xavfsizligi barometriga ko‘ra, elektron skuter bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida
1021 kishi yoki kuniga deyarli uch kishi jarohat olgan, bu 2020-yildagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p ekanligi ta’kidlangan.

Berlin (Germaniya)da 2019-yilning ikkinchi yarmida 291 ta baxtsiz hodisa yuz bergan.

Mazkur raqamlar bugungi kunda elektron skuterlar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish dolzarb ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Mamlakatimizda ham mazkur elektron harakatlanish vositalari sonining oshib borayotganligi hamda ularning inson hayotiga xavf solishi mumkinligi bevosita ularni huquqiy jihatdan tartibga solish zaruratini taqozo etmoqda.

Huquqshunos O‘. Abdullayev

 


Boshqalar


														
														Microsoft kapitalizatsiyasi ilk marta 3 trillion dollardan oshdi

Microsoft kapitalizatsiyasi ilk marta 3 trillion dollardan oshdi

Ushbu darajaga Apple ham erishgan edi.
11:37 / 25.01.2024

														
														“Toyota” mashina ishlab chiqarishni kamaytiradi

“Toyota” mashina ishlab chiqarishni kamaytiradi

Uning avgust oyidagi ishlab chiqarish rejasi 150 000 ta mashinaga qisqartirildi.
21:17 / 23.07.2022

														
														“Netflix” va “Microsoft” arzon reklama ustida birgalikda ishlashadi

“Netflix” va “Microsoft” arzon reklama ustida birgalikda ishlashadi

“Netflix” “Microsoft” bilan hamkorlikda mijozlarga reklamali arzon obuna rejasini taklif qildi.
18:10 / 14.07.2022

														
														Toshkentning 8 ta tumanida issiq suv taʼminoti qisman to‘xtatiladi

Toshkentning 8 ta tumanida issiq suv taʼminoti qisman to‘xtatiladi

Poytaxt hokimligi issiq suv taʼminoti to‘xtatiladigan hududlar ro‘yxatini eʼlon qildi.
17:57 / 20.06.2022

														
														50 dan ziyod xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan “Zulfiyachi” qizdan tengdoshlariga tavsiyalar

50 dan ziyod xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan “Zulfiyachi” qizdan tengdoshlariga tavsiyalar

Bugungi qahramonimiz Xalqaro tanlovlar g‘olibasi hamda Zulfiya mukofoti sohibasidir.
21:03 / 15.06.2022

														
														O‘zbekistonda elektron skuterlar (elektrosamokat)dan foydalanish tartibi qanday?

O‘zbekistonda elektron skuterlar (elektrosamokat)dan foydalanish tartibi qanday?

Elektron skuterlardan foydalanishda qanday qoidalarga yoki tartibga rioya qilish kerak? Milliy qonunchiligimiz bu haqda aniq…
16:07 / 26.05.2022

														
														Prezident maqtagan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi imi-jimida tugatib yuborildi

Prezident maqtagan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi imi-jimida tugatib yuborildi

Bundan ikki yilcha muqaddam aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi…
15:15 / 26.05.2022

														
														“Eng zo‘r shikoyatchi” Ginnesga kiritmasliklari uchun nashriyot ustidan ham sudga shikoyat yozganini bilasizmi? – ajabtovur sud ishlari

“Eng zo‘r shikoyatchi” Ginnesga kiritmasliklari uchun nashriyot ustidan ham sudga shikoyat yozganini bilasizmi? – ajabtovur sud ishlari

Bugun biz sudlarga aloqador tarixda sodir bo‘lgan ba’zi qiziq voqealar va odatlar haqida ma’lumot beramiz.
11:11 / 25.05.2022

														
														Namanganda YPX xodimi haydovchiga “shantaj” uyushtirishga urindi

Namanganda YPX xodimi haydovchiga “shantaj” uyushtirishga urindi

Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.
16:16 / 20.05.2022

Bu ham qiziq

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgani 7 ta yuk vagoni  haqidagi videoga “O‘zbekiston temiryo‘llari” izoh berdi.
16:36 / 19.05.2024
Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.
11:38 / 19.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024
Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!