$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
21° Kechasi

Karimovga suiqasd. Fevral voqealariga 25 yil to‘ldi

10:19 / 16.02.2024

Aksariyat odamlar shunchaki eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan ko‘pchiligining yodiga muhrlangan mudhish voqeaga 25 to‘ldi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston mustaqilligiga tahdid, birinchi prezident Islom Karimov va boshqa bir qancha mansabdor shaxslarga suiqasd. Voqea aslida qanday bo‘lgan? Toshkentdagi portlashni kimlar uyushtirgan edi? Bundan ko‘zlangan maqsad nima? Mazkur terrorchilikka Karimov qanday reaksiya bildirgan? Quyidagi maqolada kengroq va batafsil gaplashamiz.

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan yoki qayerdadir ko‘zi tushgan, ammo o‘rta yoshli kishilarning yodida yaxshigina qolgan va ayrimlari ko‘zi bilan ko‘rgan 16-fevral voqealariga 25 yil to‘ldi. Poytaxtda sodir etilgan terakt eng katta qo‘poruvchilik harakati deya baholanadi. 1999-yil 16-fevral kuni Toshkentning Mustaqillik maydoni, Ichki ishlar vazirligi va Milliy bank binolari yonida 6 ta portlash yuz beradi. Ulardan beshtasida portlovchi moddalar to‘ldirilgan mashinalar portlatiladi. Portlash natijasida 16 kishi halok bo‘ladi va 100 dan ortiq odam jarohatlanadi.

 
Ayni o‘sha kuni Vazirlar Mahkamasi binosida 1998-yil yakunlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tishi va unda prezident Islom Karimov ham qatnashishi kerak edi. Portlashlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat rahbariga va amaldagi konstitutsiyaga qilingan suiqasd va hokimiyatni ag‘darishga qilingan harakat edi.

O‘sha paytda Prezident matbuot kotibi va Oliy Majlis deputati bo‘lgan Azamat Ziyo bu voqealarni shunday eslaydi: “O‘sha kuni taxminan 09:45 larda avtomatdan otilgan o‘q ovozini eshitib qoldik. Keyin men Prezident soqchilarining biridan Prezident kelgan, kelmaganini so‘radim. Soqchi Prezident deyarli kelib bo‘lganini aytdi. Men pastga qarab yugurdim. Shunda 3-qavatlarga yetganimda judayam kuchli portlash sodir bo‘ldi”.


Azamat Ziyoning eslashicha, u Islom Karimovni xavfsiz joyga ketishga undagan. Ammo davlat rahbari bunga javoban: “Bu gapni bir marta gapirding, boshqa gapirmagin! Bu nafaqat menga qaratilgan, balki eng avvalo, xalqimizga, davlatimizga va mustaqilligimizga qarshi qaratilgan xurujdir”, degan va aynan portlashlar sodir bo‘lgan joyga yo‘l olgan.

MXX rahbari Rustam Inoyatov va ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatov hamrohligida Islom Karimov portlash yuz bergan joylarga borib, shaxsan o‘zi ko‘zdan kechiradi. Odatda ko‘rinish bermaydigan prezident qo‘riqchilari avtomatlar bilan davlat rahbariga zich yurib, harakatlanadi.

 
Hali terroristik harakatlar tugamagan bir paytda prezident voqea joyidan turib, xalqqa murojaat yo‘llaydi: “Mana shu binoda shkastlangan va yaralangan insonlar bor. O‘ylaymanki, bunga kimdir chuqur tayyorgarlik ko‘rgan. Maqsadi prezidentni yo‘q qilish, xalqimizning tinchligini buzish va kerak bo‘lsa qo‘rqitish, odamlarning yuragiga vahima kirgizish. Mana, O‘zbekistonda tinchlik buzildi, mana bizlarning kuchimiz bor, ta’sir qila olamiz va kerak bo‘lsa, O‘zbekistonni yo‘ldan bura olamiz deb kimdir katta tayyorgarlik ko‘rgan. Lekin bizning qudratimiz va kuchimiz yetarli. Bizni hech qanday kuch yo‘ldan urolmaydi. O‘ylaymanki, bugungi olib borayotgan siyosatimizni xalqimiz qo‘llab-quvvatlaydi. Biz uchun eng katta kuch shu. Mana shu joydan turib, xalqimizga murojaat qilib aytmoqchiman: vahima bo‘lmasin, agar menga yordam bermoqchi bo‘lsangiz vahima bo‘lmasin. Kuchimiz yetadi bularni joy-joyiga qo‘yishga, nafaqat joyiga qo‘yishga, balki bu muttahamlarning qo‘lini kesib, tashlashga ham qurbimiz yetadi, kuchimiz yetadi. Xalqimiz shuni bilsin”. Karimov intervyu berayotgan bir paytda orqa tomonda yana bir portlash yuz beradi.


Bu paytda odatdagi tartibda ishlayotgan markaziy telekanalda “Shaytanat” serialining namoyishi ketayotgandi. Efir to‘xtatiladi va shoshilinch tarzda portlashlar haqida xabar beriladi. Keyinchalik axborot dasturlarida gumonlanuvchi shaxslar suratlari ham ko‘rsatiladi va ularni qo‘lga olishda asosli xabar yo‘llaganlarga 240 ming AQSh dollari miqdorida mukofot puli va’da qilinadi.


Asosiy gumondorlar sifatida diniy radikalizm yo‘lini tutganlar ko‘rildi. Umuman, mustaqillikka erishgan O‘zbekistonda 1999-yilga qadar ham vahobiylik degan umumiy nom ostida aqidaparastlik, diniy radikalizmga qarshi kurash boshlangan, ko‘pchilik javobgarlikka ham tortilgan edi.


Mazkur voqealardan keyin O‘zbekistonda xavfsizlik masalalarida keskin qarorlar qabul qilinadi, asosiy binolar to‘sib olinadi va qo‘riqlashga jiddiy ahamiyat beriladi, MXX vakolatlari kengaytiriladi, aqidaparastlik, radikalizm bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi, juda ko‘pchilik bu ayblovlar bilan hibsga olinadi. Portlashlarda ishtirok etgan bir necha jinoyatchilar sud hukmi bilan oliy jazoga yoki uzoq muddatli qamoq jazolariga hukm qilinadi.


Oradan 3 kun o‘tib, Ostona shahridagi sammitda ishtirok etgan Islom Karimov matbuot anjumanida voqealar bo‘yicha va portlashlar xronologiyasi to‘g‘risida so‘zlab berdi:

“16-fevral kuni Toshkent shahrida ro‘y bergan terroristik hujumlar haqida uch qismga bo‘lib javob bermoqchiman. Birinchidan, ushbu teraktlar davlat rahbarini mamlakat tepasidan olib tashlash uchun amalga oshirildi desam ham bo‘ladi. Yanada qo‘polroq qilib aytadigan bo‘lsam, prezidentni o‘ldirish maqsadida amalga oshirildi. Odatda men majlislarga 10-15 daqiqa oldinroq kelaman. Lekin shu kuni ozroq kech qoldim, balki Alloh meni saqlagani shudir. Portlovchi moddalar to‘ldirilgan mashina bino yoniga qo‘yib ketilgan, undan tushib qochgan ikki yigit avtomatlarda o‘q uzishgan. Mana shu paytda men o‘tirgan mashina hududga kirib kelayotgan bo‘lgan. Qo‘riqlash xizmatimiz boshlig‘i Rustam Xodjayev oldimizga yugurib chiqib, qichqirib yo‘ldan qaytardi va shu tarzda mashinani to‘xtatib, mening hayotimni qutqarib qoldi. Agar yana 3-4 soniya yurganimizda portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashina yoniga kelardik va mashinamiz ham portlab ketardi."


Ekspertlarning fikricha, portlovchi moddalar joylangan mashinalarning hammasi masofadan turib portlatilgan. Portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, o‘sha mashina parchalari 500 metrgacha uchib ketgan. Qolgan barcha portlashlar chalg‘ituvchi bo‘lgan.

Portlashlarni kim uyushtirgan degan savolga kelsak, bizga ma’lum bo‘lishicha, ular diniy ekstremistlardir. Buning ortida kim turibdi, degan savolga hozircha javob bera olmayman”.

Shundan so‘ng, mazkur voqealar yuzasidan ko‘plab kishilar hibsga olinib, bir qancha shaxslar qidiruvga beriladi. Begunoh odamlarning qoni to‘kilgan, yuzlab insonlar jarohatlangan mudhish voqeaga 25 yil to‘ldi. Bu jarayon aholining e’tiroziga sabab bo‘lib, katta iqtisodiy zarar ham keltirgan edi.

                                                                                                                                                                    Ilyos Boltayev tayyorladi.


O‘zbekiston


														
														Surxondaryoda o‘rik pishdi

Surxondaryoda o‘rik pishdi

Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
10:09 / 27.04.2024

														
														O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:23 / 27.04.2024

														
														Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
09:17 / 27.04.2024

														
														Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024

														
														Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024

														
														Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024

														
														O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024

														
														Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024

														
														15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024

Bu ham qiziq

Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Nashrda kosmonavt o‘z izdoshlaridan videoda olingan joyni tanishlarini so‘ragan.
17:11 / 26.04.2024
Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024
Surxondaryoda o‘rik pishdi

Surxondaryoda o‘rik pishdi

Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
10:09 / 27.04.2024
Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Bunday parallel haqiqatlar mavjudligini birinchi bo‘lib ilgari surgan olim avstriyalik fizik Ervin Shredinger edi.
15:50 / 26.04.2024
Crocus’dagi terakt bo‘yicha yana bir tojikistonlik ushlandi

Crocus’dagi terakt bo‘yicha yana bir tojikistonlik ushlandi

Rossiya Xavfsizlik kuchlari Crocus City Hall’dagi terakt ishiga aloqador yana bir shaxsni – Tojikiston fuqarosi Jumaxon Begi…
09:36 / 27.04.2024
O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:23 / 27.04.2024
1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam berilishi, yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar f…
17:03 / 25.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024
Jahongir Otajonovning muxlislari chellenj boshladi

Jahongir Otajonovning muxlislari chellenj boshladi

Otajonov qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
15:27 / 26.04.2024
Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
09:17 / 27.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!