$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
30° Kechasi 16°

O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi nosoz lift bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi

00:31 / 26.10.2023

Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi 253-uyning 2-kirish yo‘lagida joylashgan lift bilan bog‘liq holat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, hokimlik hamda mazkur ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi  “Uyut komfort kommunal” boshqaruv servis kompaniyasi vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan o‘rganildi. 

Unga ko‘ra, ko‘tarish qurilmasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi va foydalanishga qabul qilinmaganligi aniqlandi. Shuningdek, liftda tegishli tartibda davriy sinov ishlari amalga oshirilmagan. Mazkur liftga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tashkilot bilan shartnoma tuzilmagan hamda liftni soz holatda saqlash, uni bexatar ishlatish bo‘yicha javobgar shaxs tayinlanmagan.

2020-yilda ishlab chiqarilgan, ko‘tarish og‘irligi 1 000 kg bo‘lgan lift qurilmasiga belgilangan tartibda texnik xizmat ko‘rsatilmaganligi sababli shaxta kabinasi eshiklarining kontaktlari bo‘shab qolgan. Ushbu lift harakatda vaqtida kimdir liftning tashqi eshiklarini  qo‘l yordamida ochishga uringan. Natijada  xavfsizlik moslamasi ishga tushgan va lift o‘zini-o‘zi to‘xtatish vazifasini bajara boshlagan.      

O‘rganish davomida lift tushib ketmagani, aksincha tegishli xavfsizlik qurilmasi ishga tushgan holda to‘xtagani aniqlandi. Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan liftdagi kamchiliklarni bartaraf etish va voqea tafsilotlarini chuqur o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Hodisadan hech kim jabrlanmagan.


Bu ham qiziq

8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 8-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
22:14 / 07.05.2024
Toshkentda 4 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Toshkentda 4 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Shuningdek, 72-sonli “Aviasozlar — Jomiy maydoni” avtobus yo‘nalishining ish boshlash vaqti soat 5:30 dan 5:00 ga uzaytirila…
09:57 / 09.05.2024
G‘azoda qurbonlar soni 34,8 mingdan oshdi

G‘azoda qurbonlar soni 34,8 mingdan oshdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 55 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
20:10 / 08.05.2024
9-may kuni O‘zbekiston hududlarida  yomg‘ir yog‘adi

9-may kuni O‘zbekiston hududlarida  yomg‘ir yog‘adi

Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
02:27 / 09.05.2024
Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Aksiya faqat bir kun — 9-may kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi.
19:29 / 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyurdi

Prezident Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
16:30 / 08.05.2024
Qisqa metrajli o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Qisqa metrajli o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan festivalda “Uzum ta’mi” nomli film “Eng yaxshi qisqa metrajli film” deb topildi.
11:05 / 08.05.2024
Qulupnayni shakar bilan yemang

Qulupnayni shakar bilan yemang

Qulupnayni shakar bilan yeyish yaramaydi, chunki shundoq ham kishi organizmida shakar moddasi yetarlicha.
09:41 / 09.05.2024
Asabni tinchlantirish usullari

Asabni tinchlantirish usullari

Bu holda eng yaxshi yechim jismoniy mashqlar bajarish yoki dush qabul qilishdir.
09:52 / 09.05.2024
Falastinlik san’atkorlar vayronalarda qo‘shiq kuylab, G‘azo faryodini dunyoga yetkazmoqda

Falastinlik san’atkorlar vayronalarda qo‘shiq kuylab, G‘azo faryodini dunyoga yetkazmoqda

Ular umri davomida o‘z so‘zlarini qo‘shiq orqali dunyoga yetkazadi.
09:40 / 09.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!