$
12620.01 UZS
-42
135.74 UZS
-1.91
13522.34 UZS
-71.59
22° Kechasi 12°

“Sohadagi salohiyatdan foydalanilmasa, ishlab chiqarish ham, eksport ham, ish o‘rinlari ham ko‘paymaydi” – Mirziyoyev

19:39 / 16.04.2024

“Ko‘rib turibsizlar, sohadagi salohiyatdan foydalanilmasa, ishlab chiqarish ham, eksport ham, ish o‘rinlari ham ko‘paymaydi.

Bu borada yagona to‘g‘ri yo‘limiz – mavjud xomashyoni to‘liq qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish va an’anaviy “arzon” bozorlardan – yangi, “qimmat” bozorlarga kirib borish”,- dedi Prezident yig‘ilishda.

So‘ng davlat rahbari tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.

Muloqotda tadbirkorlar:

- korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish;

- qo‘shilgan qiymat solig‘ini bir kunda qaytarish amaliyotini kengaytirish;

- bo‘yalgan mato eksportini kengaytirish;

- eksportoldi kreditlar olishni soddalashtirish;

- to‘qimachilik korxonalarining ob’yektlarini qurishda yengillik berish;

- korxonalarning arzon moliyaviy resurslarga ehtiyojini qondirish;

- mamlakatimizda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini ommalashtirish masalalarini ko‘tardi.

Davlatimiz rahbari bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganib, tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Jumladan, mutasaddilarga:

- “A” reytingi bor tadbirkorlarga ham ikki yil davomida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish bo‘yicha bir kunda xulosa berish tizimini yo‘lga qo‘yish;

- xorijdagi “erkin zonalar”ning omborlarini ijaraga olish, bo‘yalgan mato eksport qilgan korxonalarga xorijiy valyutada kredit ajratish tizimini joriy qilish;

- tadbirkorlar reytingida “A” toifadagi eksportchi korxonalarga akkreditivni garovga olish va uni 70 foizi miqdorida aylanma mablag‘ uchun kredit ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish;

- to‘qimachilik korxonalariga ob’yektlarni o‘z kuchi bilan qurishga ruxsat berish;

- gazlama, bo‘yash-pardozlash, tayyor tikuv-trikotajdagi 10 million dollargacha bo‘lgan loyihalar uchun chet el valyutasida olinadigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining 6 foizdan yuqori qismini kompensatsiya qilish;

- to‘qimachilik korxonalari aylanmasi uchun berilgan kreditlarning qaytarish muddatini uzaytirib, tadbirkorlarga grafik bo‘yicha o‘z vaqtida qaytarilgan summaga teng miqdorda “revolver” kredit berish;

- poytaxt va viloyat markazlaridagi yirik savdo komplekslarida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida milliy mahsulotlar do‘konlarini tashkil qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritish topshirildi.


Bu ham qiziq

Noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiq Atlantika okeanida cho‘kib ketdi

Noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiq Atlantika okeanida cho‘kib ketdi

Ular 110 kilometr uzoqlikda cho‘kib ketgan.
12:32 / 30.04.2024
Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li universitetga kurator bo‘ldi

Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li universitetga kurator bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu bo‘yicha ta’lim muassasasining o‘zi iltimos bilan chiqqan.
14:42 / 29.04.2024
Qo‘qonda 11-sinf o‘quvchisi odam urib yubordi

Qo‘qonda 11-sinf o‘quvchisi odam urib yubordi

Qo‘qon shahrida 11-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib odam urib yuborganligi haqidagi xabar va unda keltirilgan holatlar yuza…
09:38 / 29.04.2024
Mirzo Ulug‘bekning ko‘rinishi haqidagi taxminlar

Mirzo Ulug‘bekning ko‘rinishi haqidagi taxminlar

U o‘z xulosasini AQSh olimlari kashf etgan yangicha ilmiy uslubga asoslangani bilan izohlaydi.
09:56 / 29.04.2024
Yurak uchun 8 qoida

Yurak uchun 8 qoida

Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun har yili profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tib turish lozim!
11:24 / 29.04.2024
Maskning boyligi besh kun ichida 37,3 milliard dollarga oshdi

Maskning boyligi besh kun ichida 37,3 milliard dollarga oshdi

Amerikalik milliarderning Xitoyga tashrifi Tesla aksiyalarining o‘sishiga sabab bo‘lgan.
11:17 / 30.04.2024
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarning sud ishiga shubha bildirilmoqda

Botir Qodirov va Jo‘rayevlarning sud ishiga shubha bildirilmoqda

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati bu haqida bayonot berdi.
16:29 / 29.04.2024
Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 29-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib …
10:10 / 29.04.2024
Doha – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Doha – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev “Qatar Airways” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badr Muhammad Al-Miyr bilan uchrashuv…
09:05 / 29.04.2024
Tanqidlarni yengib o‘tgan mashhurlar

Tanqidlarni yengib o‘tgan mashhurlar

Siz ular haqida bilasizmi?
10:12 / 29.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!